111
Bunker 1 dan xom mahsulotlar yo‘naltiruvchi qurilma 2 ga uzatib turiladi.
Yo‘naltiruvchi qurilmaning vazifasi xom mahsulotni transport konveyeri 3 da
oldindan berilgan holatda joylashtirishdan iboratdir. Konveyer bo‘ylab
harakat
qilgan xom mahsulotlar qizitish pechi 4 ga kelib tushadi. So‘ngra qurilma 5 da
fiksatsiya qilinadi. Bu yerda datchik 6 yordamida
xom mahsulotning harorati
o‘lchanadi. Boshqarish qurilmasi 7 da o‘lchangan
harorat qiymatini berilgan
qiymat bilan taqqoslaydi. Agar haroratlar farqlanishi
ruxsat etilgan normadan
oshsa, boshqarish qurilmasi robot 8 ga shunday programmani yetkazadi (xabar
beradi) ki, unga ko‘ra robot detalni fiksirlovchi qurilmadan oladi va xom mahsulot
bunkerga jo‘natiladi.
Agar haroratlar farqlanishi ruxsat etilgan normada bo‘lsa, robotga
boshqarish qurilmasi boshqa programmani yetkazadi, unga ko‘ra robot qizdirilgan
xom mahsulotni oladi va uni navbati bilan presslar 10,11 da va qoliplashdagi
qirralarni kesish qurilmasi 12 da o‘rnatish va ulardan
olish operatsiyalarini
bajaradi, so‘ngra tayyor bo‘lgan detalni bunker 13 ga otib tashlaydi.
Dostları ilə paylaş: