104
7.2 - rasm. Moslashuvchan robotli RTK:
1 – yuklovchi qurilma, 2 – oraliq qurilma, 3- yuk tushiruvchi qurilma, 4 –
guruhli boshqaruv qurilmasi, 5 – rotorli stol, 6 – yuklash qurilmasi, 7 – tozalash
vannasi, 8 – payvandlash vannasi, 9 –flyuslash vannasi.
RTKdagi mexanik moslashtirish qurilmalari sifatida
vibromodullar xizmat
qiladi va ular detallarni avtomatik izlash jarayonini bajaradilar.
Detallarni avtomatik tarzda yunaltirish, jamlash va donalab jo‘natib
turish
uchun vibrobunkerli yuklash qurilmasi xizmat qiladi.
Moslashuvchan guruhli boshqaruv mikroEhM tomonidan amalga
oshiriladi.
MikroEhM quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1.
Yig‘uv jihoz - uskunasi ishini nazorat qilib boradi;
2.
Ijro mexanizmlari harakatlari programmalariga tezkorlik bilan tuzatishlar
kiritadi;
3.
Taktil datchiklardan kelgan informatsiyani qayta ishlab beradi;
4.
Yig‘uv pozitsiyalarida detallarning bor-yo‘qligini hamda yig‘uv
sifatini
nazorat qilib boradi.
Jarayonning epchilligini, moslashuvchanligini
va unumdorligini oshirish
uchun birnechta RTK qo‘llanilishi maqsadga muvofiqdir. 3 ta RTK bazasida
radiopriyomniklar g‘altaklarini o‘rash, yig‘ish
va taxlash uchun epchil-
moslashuvchan avtomatik boshqaruvi (GAU – gibkoe avtomaticheskoe upravlenie)
yaratilgan. Uning yordamida erishilgan unumdorlik – yiliga ishlab chiqariladigan
105
2,5 mln. g‘altak bilan o‘lchanadi. RTKlarda optik va taktil (teginish) datchiklardan
foydalaniladi. Ular boshqaruv sistemasini zarur informatsiya bilan ta’minlaydilar
[4, 9].
Dostları ilə paylaş: