101
Ko‘pgina hollarda partiyadagi barcha detallarni nazoratdan o‘tkazishning
zarurati bo‘lmaydi, shuning uchun bunday hollarda tanlov yo‘li
bilan nazorat
o‘tkaziladi [9, ].
MIS larning texnik xarakteristikalari ularning turlariga qarab o‘ziga xos
jihatlarga ega. Masalan, moslashuvchan avtomatik bo‘linmalar uchun jihoz
samaradorligi, mehnat unumdorligi, bir qismli detallar partiyasini yasash vaqti,
moslashuvchanlik va avtomatlashtirish darajasi kabi texnik xarakteristikalar xosdir.
Jihoz samaradorligi MIS lar ishining muhim
xarakteristikalaridan biri
hisoblanadi. Biroq, MIS lar samaradorligi umumiy qabul qilingan unumdorlik
tushunchasidan anchagina farq qiladi.
MAB uchun samaradorlik deganda ma’lum vaqt intervalida berilgan
nomenklaturadagi va sifatga ega detallar partiyasini ishlab chiqarish tushuniladi.
MAB samaradorligini jihozning takomillashganligi bo‘yicha, uning
texnologik imkoniyatlari va undan foydalanishni tashkillashtirish jihatlari bo‘yicha
aniqlanadi. Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarish
sharoitlarida jihoz
samaradorligi ko‘rsatkichi o‘rnida vaqt birligi mobaynida ishlab chiqilgan
mahsulot miqdori qabul qilinadi.
Kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida samaradorlik ko‘rsatkichi
sifatida detallar partiyasini yasab ishlab chiqarish siklining uzunligi qabul qilinadi.
MIS ning amaldagi samaradorligi uning nominal samaradorligidan kamroq
hisoblanadi, chunki amalda sikldan tashqari vaqt bo‘yicha texnik va tashkiliy
sabablarga ko‘ra yo‘qotishlarni e’tiborga olish zarur bo‘ladi.
Ishlab
chiqarish
sistemasining
moslashuvchanligi
bu
bitta
nomenklaturadagi ishlab chiqarishdan qo‘yilgan yangi talablarni qondirgan holda
boshqa nomenklaturadagi ishlab chiqarishga o‘tish imkoniyati mavjudligidir.
MIS lardagi
moslashuvchanlik shundayki, detallar partiyasining bittasidan
ikkinchisiga o‘tish avtomatlashtirilgan qayta sozlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Keyinchalik
jihozlar
konstruksiyasini
takomillashtirish,
puxtaligini
va
ishonchliligini oshirish, boshqaruv sistemasi funksiyalarini kengaytirish jarayoni
102
hisobiga qayta sozlash ishlarida personalning maxsus
amallarida ishtirok etishi
talab qilinmaydi.
Moslashuvchanlik nisbiy tushuncha bo‘lib, uning amal qilishi ishlab
chiqarish masalalari va uning kelajakdagi rivojiga bo‘g‘liqdir. Moslashuvchan
avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish sharoitlarida bajarilayotgan operatsiyalarning
katta universalligi orqali
katta unumdorlikka erishiladi, kam odamlilik va yaxshi
ish sharoitlari taminlanadi, mahsulot sifati oshadi. Biroq, yuqorida sanab o‘tilgan
afzalliklarga qaramay, MIS lar tannarxi yuqoriligicha qolayotqanligi uchun
mahsulot tannarxi kamayishi o‘rniga ortib boryapti.
MIS larni avtomatlashtirish darajasi shunday ko‘rsatkichki,
u jihoz
avtomatik ishlash vaqtining sistemadan foydalanish vaqtining umumiy fondiga
bo‘lgan nisbatiga tengdir.
Bu kompleks tushunchaga quyidagilar kiradi:
-sistema ishining puxtalik darajasi (jihozning o‘zi, boshqarish sistemasi,
hisoblash texnikasi va boshqa komponentlar ishlamay qolishi tufayli kelib chiqqan
bekor turib qolishlar e’tiborga olingan holda);
-MIS lar tomonidan avtomatik rejimda yechiladigan turli masalalarni
integratsiyalash darajasi;
-MIS lar yordamida avtomatik ishlab
chiqarishni tashkil qilish, shu
jumladan yordamchi xizmat bo‘limlari bilan o‘zaro ta’sirlarni tashkillashtirish;
-avtomatlashtirishning
eng
yuqori
darajasi
moslashuvchan
avtomatlashtirilgan liniyalar (MAL) larga to‘g‘ri keladi.
Biroq bunday texnologiyalar va transport bazalariga yagona talablar
qo‘yilishi, detallarga ishlov berishdagi o‘tish texnologik operatsiyalarining
o‘xshashligini ta’minlash zarur. Konstruksiyadagi va detallarga ishlov berish
texnologiyalaridagi xilma-xillikka ayrim instrumentlarni va ularning to‘plamlarini
avtomatik
ravishda almashtirish, instrument holati yoki uning ish rejimini
o‘zgartirish, jihozni qayta sozlash hisobiga erishiladi. MAB larda yangi detal yoki
buyumni yasashga o‘tilayotganda foydalanilayotgan jihoz strukturasi hamda ishlab
chiqarishni tashkil etish strukturasi o‘zgartiriladi.