106
8-BOB. MEXANIK IShLOV BERISh ROBOTOTEXNIK KOMPLEKSLARI
8.1. Mexanik ishlov berish RTKlari
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni, ishlab chiqarishdagi konstruksiyalar
va SRlari konstruksiyalarini rivojlantirish yo‘nalishlarini o‘rganib
chiqish shuni
ko‘rsatadiki, SRlarining RTKlardagi funksiyalari kengayib bormoqda. Zamonaviy
ishchi avtomatik kompleks tarkibidagi stanoklarga ko‘rsatiladigan
barcha turdagi
xizmat operatsiyalarining taxminan 60% ni bajaradi.
Yaqin kelajakda bajarish
uchun ishchilarga operatsiyalarning 20%, sanoat robotlariga esa avvalgi 20%
o‘rniga 50% qoladi.
RTKlarda ishlov berishga moyil detallarning tahlili.
Avtomatlashtirilgan RTKlarda mexanik ishlov
berishga moyil detallarning
xilma-xilligi (nomenklaturasi) quyidagi omillar bilan aniqlanadi:
1)
detallarning konstruksiyaviy parametrlari bilan;
2)
ishlov berishga kelib tushayotgan xom mahsulot (zagotovka)ning
tarkibi va ko‘rinishi hamda turi bilan;
3)
detalga qo‘yilayotgan texnik talablar bilan;
4)
detalning massasi va gabaritlari bilan.
RTKlar tarkibidagi SRlarini tanlashda SRlarining yuk ko‘tarish
qobiliyati
hamda detallarning massasi hal qiluvchi omillardan hisoblanadi.
RTKlarda SRlaridan foydalanishda ularni 1kg dan 500kg gacha bo‘lgan
detallar uchun qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Mexanik ishlov berish RTKlarini seriyali ishlab
chiqarish sharoitlari uchun
yaratishda detallarni guruhlab ishlov berish, texnologik jarayonlarni tiplarga ajratish
va texnologik jixoz-uskunalarni tanlash asosida yaratish maqsadga muvofiqdir.
Mexanik ishlov berish RTKlarida SRlari kesuvchi asbob yemirilganida yoki
boshqa detalga ishlov berishga o‘tilganda, ayniqsa
maxsus sanoat robotlaridan
foydalaniladigan sonli programmaviy boshqarishli stanoklarda, shu kesuvchi asbobni
almashtirishni bajarishi kerak.