X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar


 - rasm. Detallar magazinidan foydalanish sxemasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/134
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205903
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   134
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020

 
7.1 - rasm. Detallar magazinidan foydalanish sxemasi: 
1 – ishchi stansiya; 2 – bufer – magazin; 3 – robotlar; 4 – detallar magazini. 
Yig‘uvda ishlatiladigan SR larining konstruktiv xususiyatlariga quyidagilar 
kiradi: 
1.
Yig‘uv asboblari va qisqichlarini avtomatik tarzda almashtirish 
imkoniyati mavjudligi; 
2.
Ijro bo‘g‘inlari siljishi tezligining keng diapazondaligi; 
3.
Detallarni birlashtirish va qisqichlashga doir aniq sharoitlarga 
moslashish; 
4.
Yig‘uv sifatini nazorat qilish; 
5.
Pozitsiyalashning yuqori aniqligi. 
7.2. Yig‘uv robotlari va komplekslari 
Yig‘uv operatsiyalarida qo‘llaniladigan robotlar 4 ta funksional guruhlarga 
bo‘linadilar:







99 
1.
Detallarni tashish, yig‘uv birliklarini yuklash va tushirish uchun 
qo‘llaniladigan yordamchi robotlar. Robotlarning bunday operatsiyalar uchun 
qo‘llanilishi uzatib turuvchi qurilma konstruksiyasini soddalashtiradi; 
2.
Izolyatsiyalangan yig‘uv mashinasi. Odatda sodda robotlar qo‘llaniladi 
va ular murakkab bo‘lmagan yig‘uv operatsiyalari (pozitsionirlash, detallarni 
o‘tkazish va shunga o‘xshash) ni bajaradilar; 
3.
Yig‘uv markazi – kichkina seriyali ishlab chiqarishda detallarni yig‘ish 
uchun qo‘llaniladi. Bunday yig‘uv markazi detallarni operatsiyalararo tashish 
vazifasini bajarmaydi. Murakkab operatsiyalar bir joyda ikkita yoki undan ortiq 
sanoat robotlari tomonidan bajariladi. Bunday robotlar qisqichni va asbobni 
avtomatik tarzda almashtira oladilar; 
4.
Robotli moslashuvchan yig‘uv liniyalari. Ular o‘rta seriyali buyumlar 
modifikatsiyasi soni talaygina bo‘lgan ishlab chiqarishdagi yig‘uv ishlarini 
(masalan, pechat platalarini yig‘ish, magnitofon, elektroustara va boshqa shunga 
o‘xshashlarni yig‘ish) avtomatlashtirish uchun qo‘llaniladi. 
Foydalaniladigan turli yig‘uv robotlari qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas va 
shunga o‘xshash turlariga bo‘linadi. Ularga Tur – 10, Tur - 2,5 (Rossiya), UEM – 
5 (Rossiya), IBMRTI (AQSh), DEA PRAGMA (Italiya) va boshqalar kiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin