92
6.10 - rasm. Ko‘p pozitsionli RTK.
Liniyalar va sexlarning ishlab chiqarish uchastkalarini avtomatlashtirish.
RTK larni joylashtirilishi amalga oshirilayotgan texnologik jarayon,
texnologik
jihoz-uskuna tarkibi, amalga oshirilayotgan ishlab chiqarishni
tashkillashtirish xususiyatlari hamda sanoat robotlari va ularga yo‘ldoshlik qiladigan
texnologi jihoz-uskunalar xarakteristikalari bilan bevosita bog‘liqdir.
Liniyani tashkil etuvchi yacheykalari orasida
bevosita aloqalar mavjud
bo‘lgan bir oqimli robotlashtirilgan sovuq shtamplash texnologik liniyasining chiziqli
joylashtirilish sxemasini ko‘rib chiqamiz.
6. 11 - rasm. RTK ning chiziqli joylashtirilish sxemasi:
MZ-xom mahsulotni donalab berib turuvchi magazin.
93
Bunday komplekslar robotlarni boshqarishning markazlashgan yoki
markazlashmagan sistemasiga ega bo‘lishlari mumkin.
Kompleksning barcha uya
(yacheyka)lari ishchi operatsiyalar va salt yurishlar ketma-ketligining berilgan
programmasini ta’minlab,
yagona ritmda, sinxron tarzda ishlaydilar. Bunday
sistemalar eng arzon qiymatli hisoblanadi. Biroq, o‘z
navbatida, ular asosiy
texnologik jihoz-uskunalarni bir-biriga nisbatan o‘zaro qat’iy
aniqlangan darajada
joylashtirishni talab qiladi.
Yana ham murakkabroq RTKlarga shunday komplekslarni kiritish
mumkinki, ularda uyalararo transport aloqalari maxsus
transport qurilmalari -
transportyorlar, ba’zida esa sanoat robotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mexanik ishlov beruvchi va qo‘zg‘aluvchi sanoat robotli robotlashtirilgan
texnologik liniya sxemasi quyida 6.12-rasmda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: