97
7-BOB. YIG‘UV ROBOTOTEXNIK KOMPLEKSLARI
7.1. Robototexnik komplekslar yordamida yig‘uv operatsiyalarini
avtomatlashtirish
Yig‘uv operatsiyalarini mexanizatsiyalash darajasi 25 – 40%,
avtomatlashtirish darajasi esa 5 – 7% dan oshmaydi.
Sanoat robotlari yordamida
avtomatik tarzda yig‘uv jarayonini amalga oshirish quyidagi bosqichlarga
bo‘linadi:
1)
detallarni turli qurilmalarda jamlash (paketlarda, bunkerlarda,
kassetalarda va boshqalarda);
2)
robot tomonidan yig‘uv asbobi yordamida detallarni qisqichlab olish;
3)
SR yordamida yig‘uv pozitsiyasiga va yig‘uv
pozitsiyasidan jamlash
pozitsiyalariga tashish (transportlash);
4)
yo‘naltirish;
5)
SR yordamida detallarni ulash.
Robototexnik yig‘uv sistemalarini qurishning 3 xil konsepsiyasi mavjud:
1)
butun yig‘uv operatsiyasi elementar operatsiyalarga ajratiladi. har bir
elementar operatsiya tor ma’nodagi maxsus robot tomonidan bajariladi;
2)
yig‘uv sanoat roboti kompleks markazida joylashtiriladi.
Uning
atrofida turli yordamchi jihoz – uskunalar detallarning yetarli zaxirasi bilan
o‘rnatiladi;
3)
butun yig‘uv jarayoni elementar operatsiyalar guruhlariga ajratiladi.
Har bir guruhdagi elementar operatsiyalarni bajarish
uchun maxsuslashgan
robotdan foydalaniladi. Barcha SR lari ustidan boshqarish uchun markaziy
boshqaruv EHM idan foydalaniladi.
Mashinasozlikdagi buyumlarni avtomatik holda yig‘ishda foydalaniladigan
SR lari asosiy
va yordamchi operatsiyalarni, ya’ni detallar va buyumlarni
birlashtirish va tashish kabi operatsiyalarni bajaradilar.
Birlashtirish operatsiyasi uchun SR lari qisqichlaridan, yig‘uv asbobidan va
moslamalardan foydalanadilar.
Detallar jamlagichlari, SR lari, transport,
98
texnologik, nazorat va boshqa jihoz – uskunalar yig‘uv RTK larini tashkil etadilar.
Strukturaviy alomatlariga ko‘ra yig‘uv RTK lari bir pozitsionli va ko‘ppozitsionli
turlarga bo‘linadi. Birinchi turdagi RTK larda yig‘uv
jarayoni operatsiyalari
yiriklashtiriladigan bo‘lsa, ikkinchi turdagilarda esa ular maydalashtirilgan. RTK
joylashtirilishi
yig‘uv birligidagi detallar soni, o‘lchamlari,
massalari,
yig‘ilayotgan buyumlar nomenklaturasiga bog‘liqdir [9].
Quyidagi rasmda detallar magazinidan bufer sifatida foydalanishni
ko‘rsatuvchi sxema keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: