1-Mavzu:Payvandlash ishlarini mexanizatsiyasi va avtomatizatsiyasi. Reja: 1.Mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va texnologik jarayon tushunchalari. 2.Payvandlash robotlarini avtomatlashtirishning bosqichlari. 3.Avtomat va avtomatik liniyalar to’g’risida ma’lumotlar. Jarayonning ma’lum qismida odamning og’ir qo’l mexnatini mashina mexnati bilan almashtirishga mexanizatsiyalashtirish deyiladi. Bu bosqichda ishchining vazifasi mashinalarni boshqarish, ularni ishga sozlash hamda tayyorlangan maxsulot sifatini nazorat qilishdan iborat. Mexanik xarakatlarni boshqarishni avtomatlashtirish – bu xarakat parametrlarini boshqarish jarayonini avtomatlashtirishdir. Ya’ni shunday mexnat qurollarini ishlab chiqish kerakki, ular xom ashyoni qayta ishlash davomida texnologik parametrlarni optimal qiymatlarda saqlasin. Xozirgi zamonda bunday mexnat qurollari elektronika, elektrotexnika va komputer texnologiyalaridan foydalangan holdagina ishlab chiqarilishi mumkin. Shulardan foydalangan holda ishlab chiqilgan mexnat qurollari avtomatlashtirilgan mexnat qurollari deb ataladi. Texnologik jarayonlar miqyosida texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi deyiladi (TJABS). TJABSning asosiy vazifasi – bu texnologik operatsiyalarni va o’tishlarni avtomatlashtirishdan iborat.
Ishlab chiqarish tsexi bir yoki bir nechta texnologik jarayonlarni o’z ichiga oladi.Ishlab chiqarish tsexi miqyosida tsexning avtomatlashtirilganboshqarish sistemasi (TABS) deyiladi. TJABSning asosiy vazifalari:
Sexdagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdan iborat.
Sexdagi inforMASion jarayonlarni (saqlash, qayta ishlash, uzatish) avtomatlashtirishdan iborat.
Malumki ishlab chiqarish korxonasi bir yoki bir nechta tsexlar, bo’limlar, yordamchi bo’linmalardan tashkil topgan bo’ladi.
Korxona miqyosida esa ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi (IChABS) deyiladi. IChABSning asosiy vazifalari:
Korxona sexlaridagi, bo’lim va yordamchi bo’linmalardagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdan iborat.
Korxona tsexlaridagi, bo’lim va yordamchi bo’linmalardagi inforMASion jarayonlarni (saqlash, qayta ishlash, uzatish) avtomatlashtirishdan iborat.
Korxona tsexlaridagi, bo’lim va yordamchi bo’linmalardagi inforMASion va texnologik jarayonlarni boshqarish sistemasini yagona maqsad asosida o’zaro moslashtirishdan iborat.
Demak ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirish uch bosqichga amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda texnologik jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirish amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqichda tsexlarni boshqarishni avtomatlashtirish amalga oshiriladi. Uchinchi bosqichda korxonani boshqarishni avtomatlashtirish amalga oshiriladi.
Jarayonni inson ishtirokisiz amalga oshirishga va ularni boshqarishga imkon beradigan texnik va tashkiliy chora tadbirlar majmuisiga avtomatlashtirish deb ataladi. Payvandlashni avtomatlashtirishning to’rtta bosqichi mavjud.
1 - bosqich. Ish siklini avtomatlashtirish. Bunda avtomatlar va yarim avtomatlar yaratiladi hamda ulardan potok liniyalar quriladi. Ishchining vazifasiga zagotovkalarni stanoklararo transportirovka qilish, stanokni ishga sozlash va vaqti - vaqti bilan rostlab turish, tayyor maxsulotni nazorat qilish kabi ishlar kiradi.
2 - bosqich. Mashinalar tizimini avtomatlashtirish va avtomatik liniyalar yaratish. Bu bosqichda ish siklidan tashqari maxsulotni nazorat qilish, detallarni yig’ish, ularni o’rab qadoqlab joylashtirish, stanoklararo zagotovkalarni uzatish kabi ishlar mashina va mexanizmlar yordamida bajariladi. Shuningdek bunda aktiv nazorat qilish jihozlari va qurilmalari ham qo’llaniladi.
3 - bosqich. Ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish. Bu bosqichda ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyo maxsulotidan zagotovka olishdan tortib, ishlov berish va yig’ish jarayonlari hamda tayyor maxsulotni kadoqdab o’rashgacha hamma davrlari avtomatlashtiriladi. Bunda avtomatlashtirilgan sexlar va zavodlar yaratiladi. Ular bir maxsulotga mo’ljallangan ko’plab ishlab chiqarish korxonalaridir.
4- bosqich. To’liq avtomatlashtirish. Bu bosqichda ham ishlab chiqarishning hamma davrlari avtomatlashtirilgan bo’lib, lekin foydalaniladigan texnologik jihozlar moslanuvchanlik xususiyatiga egadirlar. Ularni turli maxsulotlar ishlab chiqarishga qayta sozlash mumkin. Buning uchun texnologik jihozlarni sozlashga, dastur tayyorlashga, dasturni kiritishga ko’p vaqt talab qilmaydi. Bu bosqichda avtomatlashtirilgan payvandlashda moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlar MICHT va komplekslar yaratiladi. Bunda stanoklarni boshqarish, ularga zagotovkalarni yuklash, tayyor detallarni olish, ularni tashish, nazorat qilish kabi operatsiyalar avtomatlashtiriladi. Bundan tashqari MICHT tarkibiga ishlov berish markazlari, sanoat robotlari, avtomatik transport vositalari, avtomatlashtirilgan omborlar kabi texnik vositalar kiradi.