X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/134
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205903
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   134
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020

Sovuq shtamp RTK lari. 
Sovuq shtamplash RTK lari sifatida 2 ta robotli robotlashtirilgan liniyani 
keltiramiz. 
2 ta “Siklon-3B” sanoat roboti robotlashtirilgan liniya strukturasi 8.6-
rasmda keltirilgan. 
8.6 - rasm. Robotlashtirilgan sovuq shtamplash liniyasining sxemasi: 
1– uzatib turuvchi qurilma; 2– qisqich; 3– press; 4– pressning boshqarish 
qurilmasi; 5– shtamp; 6– nazorat datchigi; 7– uzatuvchi qurilma; 8– sanoat 
roboti; 9– boshqarish sistemasi; 10– tara. 
8.4. Issiq shtamplash RTKlari

Issiq shtamplash RTKlariga xizmat ko‘rsatish

Termik ishlov berish RTKlari 
Issiq qoliplash operatsiyalarining ko‘pchiligida robotlarning tatbiq qilinishi 
temirchilik presslash sexlaridagi ish sharoitlari va mahsulot sifatini nazorat qilib 
borish hamda xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘langandir. Temirchilik presslash 
sexlaridagi ish sharoitlari eng og‘irlaridan hisoblanadi. 
Asosan «SIKLON-5», «UNIVERSAL-1503» robotlari ishlatiladi. 4-6 
harakatlanish darajalari soniga ega bo‘lgan robotlar qo‘llaniladi. 
Issiq shtamplash RTKning struktura sxemasi 8.7- rasmda ko‘rsatilgan. Issiq 
shtamplash RTKsi quyidagicha ishlatiladi:


111 
Bunker 1 dan xom mahsulotlar yo‘naltiruvchi qurilma 2 ga uzatib turiladi. 
Yo‘naltiruvchi qurilmaning vazifasi xom mahsulotni transport konveyeri 3 da 
oldindan berilgan holatda joylashtirishdan iboratdir. Konveyer bo‘ylab harakat 
qilgan xom mahsulotlar qizitish pechi 4 ga kelib tushadi. So‘ngra qurilma 5 da 
fiksatsiya qilinadi. Bu yerda datchik 6 yordamida xom mahsulotning harorati 
o‘lchanadi. Boshqarish qurilmasi 7 da o‘lchangan harorat qiymatini berilgan 
qiymat bilan taqqoslaydi. Agar haroratlar farqlanishi ruxsat etilgan normadan 
oshsa, boshqarish qurilmasi robot 8 ga shunday programmani yetkazadi (xabar 
beradi) ki, unga ko‘ra robot detalni fiksirlovchi qurilmadan oladi va xom mahsulot 
bunkerga jo‘natiladi.
Agar haroratlar farqlanishi ruxsat etilgan normada bo‘lsa, robotga 
boshqarish qurilmasi boshqa programmani yetkazadi, unga ko‘ra robot qizdirilgan 
xom mahsulotni oladi va uni navbati bilan presslar 10,11 da va qoliplashdagi 
qirralarni kesish qurilmasi 12 da o‘rnatish va ulardan olish operatsiyalarini 
bajaradi, so‘ngra tayyor bo‘lgan detalni bunker 13 ga otib tashlaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin