8.4 - rasm. Pol ustida joylashtiriladigan sanoat robotli bo‘linma sxemasi: 1- transportli ombor sistemasi; 2- qabul stoli; 3- SR boshqaruv sistemasi; 4-
yordamchi jihoz-uskuna boshqaruv qurilmasi; 5- sonli programmali boshqarish
109
qurilmasi; 6- stanoklar; 7- yo‘naltiruvchi qurilma; 8- sanoat roboti; 9-, 10-
magazinlar; 11- jamlagich.
Sanoat robotli avtomatlashtirilgan liniya uchun namunaviy struktura sxemasi
8.5-rasmda keltirilgan.
8.5 - rasm. Sanoat robotli avtomatlashtirilgan liniya struktura sxemasi: Bu yerda:
1- birlamchi jamlagich; 2- stanoklar; 3- sanoat roboti; 4- oxirgi jamlagich; 5- sanoat roboti bilan avtomatlashtirilgan liniya orasidagi o‘zaro aloqalarni ta’minlovchi boshqarish sistemasi; 6- SR boshqarish sistemasi. 8.3. Temirchilik – presslash operatsiyalarida ishlatiladigan RTK lar Sovuq shtamplashni avtomatlashtirish va issiq shtamplash presslariga
xizmat ko‘rsatish sohalari temirchilik – quyuv ishlab chiqarishida sanoat
robotlarining ishlatiladigan asosiy sohalari hisoblanadi.
Sovuq shtamplashda RTK larda quyidagi texnologik operatsiyalar
bajariladi:
Magazinda joylashtirilgan xom mahsulotni uzatib turish; xom mahsulotni
dastlabki boshlang‘ich pozitsiyadan qisqichlab olish va pressning ishchi zonasiga
olib o‘tish; shtampga xom mahsulotni joylash; buyumni shtamplash; shtamplangan
buyumni pressning ishchi zonasidan olib chiqish; buyumni taraga tashlash.
Sovuq shtamplashda ishlatiladigan sanoat robotlari quyidagi xususiyatlari
bilan ajralib turadi: bitta yoki ko‘pincha 2 ta qo‘lga ega bo‘ladi; pozitsionirlash
110
xatoligi +0,1 – 0,5 mm ni tashkil etadi; sanoat robotini asosiy va yordamchi jihoz –
uskunalar bilan birlashtirish imkoniyati mavjud [7].