128
10.3. Texnik ko‘rish tizimlari
Robotlarning texnik ko‘rish sistemalari deb, ishchi sahnaning tasvirini
olish, uni avtomatik qayta ishlash va manipulyatorni boshqarish komandalarini
shakllantiruvchi qurilmalarga aytiladi [7].
Texnik ko‘rish sistemalari mashinasozlikda quyidagilarni amalga oshirish
uchun xizmat qiladi:
konveyerdagi detallarni tanlash va sortirovka qilish operatsiyalarini
bajaradi;
detallar to‘plamidan kerakli detalni ajratish operatsiyasini bajaradi;
qisib olishga mo‘ljallangan detallarning koordinatalarini va geometrik
o‘lchamlarini o‘lchash uchun ishlatiladi;
yig‘uv uchastkalarida detallarni arientatsiya qilish uchun qo‘llaniladi;
ishlov berilgan detallarning sifatini nazorat qilishga xizmat qiladi.
Texnik ko‘rish sistemasining asosiy funksiyalari:
ishchi sohasining tasvirini olish;
detal bor yo‘qligini aniqlash;
berilgan ob’ektning tasvirda borligini aniqlash va uni ajratib berish;
ob’ektning koordinatalarini aniqlash;
boshqarish signallarini shakllantirish.
Robot texnik ko‘rish sistemasining struktura sxemasi 10.4- rasmda
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: