142
Nazorat savollari
1)
Robotlar ishlab chiqarishda qanday vazifalarni bajaradi?
2)
Sanoat robotlari ishlab chiqarishda nima uchun ishlatiladi?
3)
Sanoat robotlarini qo‘llash nimalarga imkon beradi?
4)
Temirchilik-presslash uskunalariga hizmat qiluvchi robotlar.
5)
Sanoat robotlariga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?
6)
Robototexnik komplekslar avtomatlashtirilgan liniyalarda nima uchun
ishlatiladi?
7)
Pressga hizmat qiluvchi robot asosidagi
robototexnik kompleks
sxemasini keltiring.
8)
Yig‘uv operatsiyalarini bajaruvchi sanoat robotlari.
9)
Sanoat robotlari yordamida bajariladigan operatsiyalar.
10)
Robotlar yordamida yig‘uv operatsiyalarini bajarishda qanday talablar
qo‘yiladi?
11)
Adaptiv boshqariladigan yig‘uv sanoat robotining struktura sxemasini
keltiring.
12)
Yig‘uv sanoat robotining ishlash prinsipi qanday?
13)
Yig‘uv
operatsiyalarini
bajaruvchi
robotning
umumiy
xarakteristikalariga nimalar kiradi?
14)
Metall qirquvchi dastgohlarga hizmat qiluvchi sanoat robotlari qanday
ishlarni bajaradi?
15)
Sanoat robotlarini qo‘llashda nimalarga e’tibor beriladi?
16)
“Dastgoh – sanoat roboti”
turidagi robototexnik kompleks,
uning
komponovkalari.
17)
Sanoat robotlariga qo‘yiladigan talablar.
18)
Metall qirquvchi dastgohlarni avtomatlashtirishda qo‘llaniladigan
sanoat robotlari.
143
12-BOB. ROBOTLARNI SOZLASh, IShGA TUShIRISh VA TEXNIK
XIZMAT KO‘RSATISh
12.1. Robotlarni sozlash va ishga tushirish
Sanoat robotlarni sozlashdan maqsad robotlarning
barcha elementlarini
texnik xarakteristikalariga va eksplutatsion hujjatlariga
mos ravishda ishlashini
ta’minlashdan iborat [9].
Sanoat robotlarini sozlashda asosiy ob’ektlarga robotning ijro qurilmasi va
boshqarish qurilmasi kiradi.
Ijro qurilmasi sanoat robotining harakat
funksiyalarini bajaradi, unga
manipulyator va harakatlanish qurilmasi kiradi.
Boshqarish qurilmasi berilgan boshqarish programmasiga mos ravishda ijro
qurilmasi uchun boshqarish ta’sirlarini shakllantirish va berishdan iborat.
Sozlash
jarayoniga
manipulyatorning
funksional
mexanizmlarini
rostlashdan tashqari sanoat robotini programmalash va o‘rgatishni o‘z ichiga oladi.
Robotni sozlash natijasida boshqarish programmasini
ishonchli bajarilishi
ya’ni robotning ijro qurilmalarining harakatlari berilgan boshqarish programmasiga
mos kelishi ta’minlanadi. Bunda robot ishchi organi
qiladigan harakatlarining
xatoliklari, texnik pasportda ko‘rsatilgan qiymatlar chegarasidan chiqib ketmasiligi
kerak.
Sanoat robotlarni qayta sozlashda boshqarish programmasi o‘zgartiriladi,
robotningt holatlari sozlanadi yoki manipulyatorni ayrim zvenolari almashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: