143
12-BOB. ROBOTLARNI SOZLASh, IShGA TUShIRISh VA TEXNIK
XIZMAT KO‘RSATISh
12.1. Robotlarni sozlash va ishga tushirish
Sanoat robotlarni sozlashdan maqsad robotlarning barcha elementlarini
texnik xarakteristikalariga va eksplutatsion hujjatlariga mos ravishda ishlashini
ta’minlashdan iborat [9].
Sanoat robotlarini sozlashda asosiy ob’ektlarga robotning ijro qurilmasi va
boshqarish qurilmasi kiradi.
Ijro qurilmasi sanoat robotining harakat funksiyalarini bajaradi, unga
manipulyator va harakatlanish qurilmasi kiradi.
Boshqarish qurilmasi berilgan boshqarish programmasiga mos ravishda ijro
qurilmasi uchun boshqarish ta’sirlarini shakllantirish va berishdan iborat.
Sozlash
jarayoniga
manipulyatorning
funksional
mexanizmlarini
rostlashdan tashqari sanoat robotini programmalash va o‘rgatishni o‘z ichiga oladi.
Robotni sozlash natijasida boshqarish programmasini ishonchli bajarilishi
ya’ni robotning ijro qurilmalarining harakatlari berilgan boshqarish programmasiga
mos kelishi ta’minlanadi. Bunda robot ishchi organi qiladigan harakatlarining
xatoliklari, texnik pasportda ko‘rsatilgan qiymatlar chegarasidan chiqib ketmasiligi
kerak.
Sanoat robotlarni qayta sozlashda boshqarish programmasi o‘zgartiriladi,
robotningt holatlari sozlanadi yoki manipulyatorni ayrim zvenolari almashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: