139
- manipulyatsiya qilinayotgan ob’ektning massasi robotning yuk ko‘tarish
qobiliyatidan yuqori bo‘lmasligi kerak;
- manipulyatsiya zonasi robotning xizmat qilish zonasiga mos kelishi zarur;
- ob’ektning talab qilnadigan harakatining traektoriyasi tezligi sanoat
robotining kinematik va aniqlik parametrlariga mos kelishi kerak;
- robotning programmali boshqarish
qurilmasining imkoniyatlari
bajariladigan ishga muvofiq bo‘lishi zarur;
- manipulyatsiya ob’ektining o‘lchamlari va shakli robot qisqich
qurilmasining o‘lchamlari va shakliga mos kelishi kerak;
-sanoat robotining ijro organlari kerakli ishchi pozitsiyalar oralig‘ida
bemalol harakatlana olishi kerak;
- sanoat robotlari tashqi muhit parametrlariga (namlik,
temperatura va
boshqalar) mos kelishi zarur.
Ko‘p jihatdan sanoat robotining qo‘llanilishi sohasi quyidagilarga bog‘liq
bo‘ladi:
- uning komponovkasiga, bu esa robotning ish joyiga o‘rnatish
usuliga
bog‘liq bo‘ladi;
- sanoat roboti ishlaydigan koordinat sistemalar turiga;
- robotning harakat darajalari soniga va robotning manipulyator-lari va
qisqich qurilmalari soniga.
Sanoat robotlari ish joyiga o‘rnatilish
usuliga qarab, osma, yerda
o‘rnatiladigan va dastgohlarga joylashtiriladigan bo‘ladi.
Osma sanoat robotlari metal qirquvchi
dastgohlarga xizmat qilganda,
odatda, to‘g‘ri burchak koordinat sistemasida ishlaganda x,y,z
koordinatalar
sistemasida ishlaganda esa, bitta aylanma va ikkita chiziqli harakat qiladi;
Osma sanoat robotlari asosiy harakatlardan tashqari orientirlangan
harakatlarini
ham boshqaradi, ya’ni qisqich qurilmasi aylanma va tebranma
harakatlarini amalga oshiradi.
Dastgohlarga xizmat qiluvchi yerda joylashgan
sanoat robotlari odatda
silindrik koordinat sistemalarida ishlaydi. Robotlar dastgohining ustiga yoki old
140
qismiga joylashtirilishi mumkin. Ishlab chiqarishni
robotlashtirishda asosiy
maqsad robototexnik komplekslarni yaratish va ular asosida robotlashtirilgan
sexlar va zavodlarni barpo qilishdir.
Dostları ilə paylaş: