X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/134
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205903
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   134
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020

Tezlanishlarni o‘lchash 
Induktiv datchik tezlanishni proporsional ravishda elektr signallariga 
o‘zgartirib berishi mumkin. 
Tezlanishlarni o‘lchash uchun ishlatiladigan induktiv datchik 12.3-rasmda 
keltirilgan. 


151 
 
12.3 - rasm. Tezlanishni o‘lchash uchun datchik 
Po‘latdan (yoki dyuraldan) yasalgan asos 6 da ikkita Sh-shaklidagi 2 va 3 
o‘zaklar joylashgan. O‘zaklar orasiga ilgak 1 joylashtirilgan, u asos bilan ikkita 
yassi prujinalar 4 orqali bog‘langan. Ilgak seysmik massa xisoblanadi, ya’ni 
datchikning sezuvchi elementidir, u nisbiy siljiganda ikkilamchi o‘lchamdagi 
EYuK va toklar tengsizligi xosil bo‘ladi. Shunga intilishi kerakki, o‘lchash o‘qiga 
perpendikulyar bo‘lgan o‘qdagi xususiy chastota ikki barabar yuqori bo‘lishi zarur.
Datchikning chastotaviy xarakteristikalarini korreksiyalash va xususiy 
chastotalarning qayd etilayotgan jarayonlarga ta’sirini yo‘qotish uchun apparatura 
chiqishiga past chastotalar elektr filtri joylashtiriladi [9]. 
Tezlanish datchigi nafaqat sinusoidal yoki turg‘un bo‘lmagan jarayonlarni 
o‘lchashi mumkin, balki impuls xarakterdagi jarayonlarni ham o‘lchash 
imkoniyatini beradi. 
Impulsli jarayonlar tezlanishlar impulsning amplitudasi va davomliligi 
bilan xarakterlanadi. 
Datchikning amplitudaviy diapazonini boshlang‘ich havo oralig‘ini 
kengaytirish xisobiga oshirish mumkin, ammo bu xolda datchikning sezuvchanligi 
pasayadi. Datchikning nafaqat amplitudaviy, balki bir vaqtning o‘zida chastotaviy 
diapazonini oshirish uchun yakorni asosga maxkamlovchi prujinalarni qattiqlash 
bilan almashtirish va apparatura filtrini yangi xususiy chastotalarga mos ravishda 
qayta o‘zgartirishi kerak. Shuni ta’kidlash lozimki, datchik xususiy chastotasini 
oshirish, uning sezuvchanligini kvadratik bog‘lanishda pasaytiradi. Masalan, 


152 
xususiy chastotasi 900 Gs bo‘lgan datchik, 400 Gs xususiy chastotali datchikka 
qaraganda 4 barobar kam sezuvchanlikka ega bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin