X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/134
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205903
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   134
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020

12.9. Standartlashtirish 
Hozirgi vaqtda robototexnika sohasida standartlashtirish asosan sanoat 
robototexnikasi bo‘yicha olib borilmoqda. 
Sanoat robotlarini agregat-modul prinsipi asosida yaratishda asosiy 
masalalardan biri sanoat robotlarining asosiy ko‘rsatkichlarini va uning qismlarini 
normalizatsiyalash va standartlashtirishdir. Bu ko‘rsatkichlarga robotning yuk 
ko‘tarish qobiliyati, chiziqli va burchak siljishlari va hokazolar kiradi. 


162 
Yuk ko‘tarish qobiliyati. 
Mashinasozlikda bu ko‘rsatkich bo‘yicha 
quyidagi qator qabul qilingan: 
0,63; 1,25; 2,5; 5; 10; 20; 40; 80; 160; 250; 500 va 1000 kg.
Sanoat robotining yuk ko‘tarish qobiliyati bu qatordagi qiymatning biriga 
mos kelishi kerak. Ammo sanoat robotlarini agregat-modul prinsipi asosida 
qurilganda yuk ko‘tarish qobiliyati qatoriga to‘g‘ri kelishi ancha qiyin, chunki 
robotning ishchi yuk ko‘tarish qobiliyati robotning qismlari massasiga bog‘liq 
bo‘ladi va bir qismni ikkinchisi Bilan almashtirganda ancha farq qilishi mumkin. 
Masalan robot zvenosining siljish kattaligi o‘zgarganda, yuritma almashtirilganda 
va hokazo. 
Agergat-modul konstruksiyali sanoat robotlarini turli holatda o‘rnatish 
mumkin bu ham robotning yuk ko‘tarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Qismlarning siljish kattaligi. 
Sanoat roboti qismlarining siljishini 
normallashtirishda robot qismlarining siljish kattaliklari yuk ko‘tarish qobiliyati 
Bilan bog‘liqligi hisobga olinadi. Ammo bu masala hozir oxirigacha yechilmagan. 
Bu masalani yechish qiyinligi sanoat robotlari komponovkalarining turlicha 
ekanligiga, robotlarning ishchi zonalari o‘lchamlari va shakllarining xilma xilligini 
ko‘rsatadi. Taxlil shuni ko‘rsatadiki, agregat-modul sanoat robotlari qismlarining 
siljish karraliklari odatda 50 va 100 mm ga kara bo‘ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin