159
tormozlanish intensivligi yo‘l drosellari yoki pnevmogidravlik dempferlarni
rostlash bilan amalga oshiriladi.
Ko‘pgina hollarda manipulyatorlarning transport va texnologik
harakatlarini amalga oshiruvchi pnevmoyuritmaning
konkret bajarilishi sanoat
robotining konstruktiv xususiyatlariga va qo‘llanilish sohasiga bog‘liq bo‘ladi.
Pnevmosilindrlarni va burilish pnevmodvigatellarini eksplutatsiya qilishda
ular turli fazoviy holatlarda bo‘lishi mumkin. Ammo kondensat to‘planish
imkoniyatini yo‘qotish uchun qisilgan havo yuboriladigan teshikning pastroqda
joylashishi tavsiya qilinadi. Pnevmosilindr shtogi yo‘naltiruvchilarining
vaqtdan
oldin ishdan chiqishini oldini olish, hamda uplotliniyalarning shikastlanishi
bo‘lmasligi uchun shtokka ko‘ndalang yuklama bo‘lishiga yo‘l qo‘yilishi
kerak
emas.
Yuqori tempratura sharoitida pnevmoyuritmani eksplutatsiya qilishda turli
xil yuqori qovushqoqlikka ega bo‘lgan moylar, past tempraturalarda esa
qovushqoqligi past bo‘lgan moylar ishlatiladi.
Manipulyator qisqichining o‘z o‘zidan ishlab
ketishni oldini olish uchun,
hamda qisilgan havo berilishini to‘xtab qolish hollarida robot pnevmosistemasida
boshqariladigan klapanlar va bosim relelari o‘rnatish shart bo‘ladi. Pnevmosilindr
shtogi yurishining kattaligini, burilish pnevmodvigatellarining
tishli reykali
uzatmalaridagi havo oralig‘ini, pnevmo - gidravlik dempferlar drosellarini
rostlashda silindr kameralarida va pnevmodvigatellarda bosim bo‘lishi kerak emas.
Dostları ilə paylaş: