175
o’zaro uyg‘unlashtirish imkoni kengayadi. Lekin bu ko’pincha modellashning
murakkablashishiga olib keladi. Bunday modellarga struktura-marom, struktura-
funktsiya modellari misol bo’la oladi. Birgalikda qaraladigan aspektlar bo’yicha
model tuzish (6) ular asosida analiz (13) va sintez (20) masalalarini yechishga
intilish modellash nazariyasida yangi yo’nalishlardir.
Ko’rib o’tilgan masalalar asosan originalni yoki predmet sohasini
modellashga oid bo’lsa, originallar sinfi va predmet sohasi uchun umumiy xossalar
haqida ma’lumotlar, umumiy bilimlar fan sohasining modelida (nazariyasida)
tarkib topgan bo’ladi. Har qanday original va predmet sohasining modelini
tuzishda ular mansub bo’lgan fan sohasini avvalo tasavvur qilmoq, shu predmet
sohasiga nisbatan model vazifasini bajarishi mumkin bo’lgan boshqa predmet
sohalarini bilmoq lozimdir. Bu esa predmet sohasini modelini tuzish (7), uni
analizi (14) va sintezi (21) muammolarini o’rtaga qo’ydi. Bunday muammolar
bilan model tuzish, avtomatlashgan loyihalash sistemalari va intellektual robotlar
yaratishga kirishgan olim va muhandislar shug‘ullanadilar.
Jadvalda keltirilgan masalalar chapdan o’ngga va tepadan pastga qarab
murakkablashib boradilar. Unda 1-masala eng osoni bo’lsa, 21-masala eng
qiyinidir. Robot texnikasi sohasidagi muhandis yo olimning ilmiy yetuklik darajasi
shu masalalarning qancha qismini yecha olishga tayyorligi bilan belgilanadi [5].
Dostları ilə paylaş: