144
Sanoat roboti manipulyatorini avtomatik rejimda ishlashga tayyorlash.
Sanoat robotini sozlash rejimiga tayyorlash.
Oldindan ishlab chiqilgan rejalashtirish chizmasi bo‘yicha
maxsus
tayyorlanilgan maydonchaga manipulyator va boshqarish qurilmasi o‘rnatiladi.
Ulash kabellari yordamida manipulyator
va boshqarish qurilmasi
birlashtiriladi va yerga ulanadi. Manipulyatorning ishchi
zonasidan odamlarni va
begona predmetlarni chiqarib yuborish kerak. Sanoat
robotining turiga qarab
manipulyatorni va
boshqarish qurilmasini pnevmo, gidro yoki elektr tarmog‘iga
ulash amalga oshiriladi.
Xizmat qilinadigan jihozning joylashishiga
qarab sanoat roboti
manipulyatorining chiziqli va burchak siljishlarnin sozlash kerak.
Keyin sozlash
pultidan manipulyatorning hamma harakatlari tekshirib ko‘riladi,
ixtiyoriy
programma yoziladi va avtomatik rejimda sanoat roboti manipulyatori harakat sikli
bajariladi.
Sanoat roboti ishchi siklining o‘tishlar texnolgik kartasini ishlab
chiqish.
Siklli programmali boshqariladigan sanoat robotlari uchun ishlab chiqarish
bo‘linmasida butun ish sikli alohida texnologik o‘tishlarga bo‘linadi:
ishchi
organning fazoda bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko‘chishi; qisqichning qisilishi va
ochilishi; komandalarni jihozga yuborish, kutish vaqti. O‘tishlarning jami ularning
ketma–ket ishlashi tartibi bo‘yicha ishchi siklning texnolgik kartasiga yoziladi.
Dostları ilə paylaş: