141
Sanoat roboti dastgohga detallarni o‘rnatish va olish operatsiyasini hamda
dastgohni ishga tushirish komandasini berishga xizmat qiladi.
Sanoat robotlariga qo‘yiladigan talablar
Sanoat robotlari metalga ishlov beruvchi dastgohlarga xizmat qilishda
quyidagi ishlarni bajarishlari kerak:
oldindan orientatsiya qilingan zagatovkalarni dastgohning ichki sohasiga
o‘rnatish;
detallarni dastgohdan olish, magazin yoki konveyerga joylashtirish;
texnologik jihozlarni boshqarish uchun texnologik kogmandalarni
berish;
dastgohlar asosida detallarni tashish va boshqalar.
Metall qirquvchi dastgohlarni avtomatlashtirishda qo‘llaniladigan sanoat
robotlariga qo‘yiladigan talablar:
1)
sanoat robotlarining konstruktiv texnologik parametrlari (yuk
ko‘tarish qobiliyati, ichki organlarning harakat tezliklari, pozitsiyalanish aniqligi,
ishchi zonalarning o‘lchamlari, programma boshqarishning turi) dastgoh
parametriga mos kelishi kerak;
2)
sanoat robotlarining qo‘llanishi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
dastgohlarning unumdorligini 20% oshirish detallarga ishlov berish sifatini
oshirish; dastgohlarni ishlash koeffitsentini 2-2,5 barobarga oshirish;
3)
sanoat robotlari ma’lum harakatlanish darajasiga ega bo‘lishi kerak,
bu bilan ular dastgohlarga va robototexnik kompleksning yordamchi jihozlariga
xizmat qilmshda operatsiyalarning kerakli hajmini ta’minlashi zarur;
4)
sanoat robotlari yetarli darajada universal bo‘lishlari zarur, chunki
yangi maxsulotga ishlov berishga o‘tilganda robotni minimal qayta sozlash amalga
oshirilishi kerak;
5)
yuqori ishonchlilik;
6)
xavfsizlik zonasi mavjud bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: