Vazirligi X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə1/86
tarix07.01.2024
ölçüsü1,66 Mb.
#204883
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020 (1)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISh

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI




X.N.NAZAROV


ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR
DARSLIK





1
TOShKENT 2020


UO‘

KIRISh


O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohatlar, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustivor yo‘nalishlariga muvofiq kadrlarni sifatli o‘qitish va tarbiyalash, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, hozirgi zamon bozor sharoitlarida ishni izchil tashkil eta oladigan, yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.


Hozirgi zamon yuqori texnologiyalarida sanoat robotlari va robototexnika tizimlari keng qo‘llanilmoqda.
Robotlar, robototexnik va moslashuvchan ishlab chiqarish sistemalari ishlab chiqarishni rivojlantirishning texnik asoslari hisoblanadi.
Hozirgi zamon yangi texnologiyalarida robotlar va robototexnik sistemalarni qo‘llash yildan yilga oshib bormoqda.
Ular yordamida yangi texnologik jarayonlar o‘zlashtirilmoqda, odamlarni toliqtiradigan, bir xil, og‘ir qo‘l mehnatidan, sog‘liqlari uchun zararli va xavfli ishlardan ozod qilinmoqdalar.
Mazkur darslikda sanoat robototexnikasi asoslari yoritilgan. Unda robotlar va robototexnik komplekslar bo‘yicha asosiy tushunchalar, ta’riflar berilgan. Robototexnikaning ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirishdagi roli bayon qilingan. Robot va manipulyatorlarning strukturasi, texnik xarakteristikalari, modul qurish tamoyillari birinchi bobda berilgan.
Ikkinchi bobda sanoat robotlarining mexanik sistemasi, manipulyatorlarning kinematikasi, kinematik komponovkalari hamda manipulyatorlarning konstruktiv xususiyatlari bayon qilingan. Undan tashqari robotlarning ishchi organlari va harakat qurilmalarining konstruksiyalari va ishlash prinsiplari keltirilgan.
Uchinchi bobda robotlarni asosiy elementlari hisoblangan pnevmatik, gidravlik va elektrik yuritmalari berilgan.
Robotlarda qo‘llaniladigan yuritmalarga qo‘yiladigan talablar, yuritmalarning afzallik va kamchililari ham shu bobda bayon qilingan.
To‘rtinchi bob sanoat robotlarini boshqarish sistemalariga bag‘ishlangan bo‘lib, programmali, adaptiv va intellektual boshqarish sistemalari, hamda sanoat robotlarini boshqarish uchun qo‘llaniladigan siklli, pozitsion va kontur boshqarish sistemalari, robot boshqarish sistemasining matematik yozilishi berilgan.
Beshinchi bob robotlarning informatsion sistemalariga bag‘ishlangan. Unda robotlarning informatsion qurilmalari va ularning vazifalari, ichki va tashqi informatsiya datchiklari, taktil sensorlar, texnik ko‘rish sistemalari, sezishning lokatsion sistemalari, kuch-moment datchiklari bayon qilingan.
Oltinchi bob sanoat robotlarining ishlab chiqarishda qo‘llanilishi ko‘rilgan, bunda robotlarning temirchilik-presslash uskunalariga, metall qirquvchi dastgohlarga xizmat qilish va yig‘uv operatsiyalarini bajarishi berilagn.
Yettinchi bobda robototexnik tizimlar va komplekslar bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Robototexnik komplekslarning sinflanishi, ularning turlari, robototexnik komplekslarni joylashtirish, yig‘uv robototexnik komplekslari, mexanik ishlov berish komplekslari va temirchilik-presslash operatsiyalarida ishlatiladigan robotlashtirilgan komplekslar bayon qilingan.
Sakkizinchi bobda robotlarni sozlash, ishga tushirish va ularga texnik xizmat qursatish ko‘rib chiqilgan. Robotlarni sozlash va ishga tushirish, robotlarning texnik xarakteristikalarini tekshirish, robotlarning parametrlarini nazorat qilish apparaturasi va vositalari, robotlarni diagnostika qilish vositalari, gidro- va pnevmoyuritmalarni sozlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish berilgan.
To‘qqizinchi bobda robototexnikada unifikatsiyalash va standartlashtirish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
O‘ninchi bobda sanoat robotlarini ishlatishda mehnat havfsizligi bayon qilingan.
Keying boblarda robototexnikada unifikatsiya va standartlashtirish, intellektual robotexnik tizimlar, mexatronika va robototexnikaning xozirgi zamon texnikaning yangi yo’nalishi ekanligi bayon qilingan

  1. Yüklə 1,66 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin