Vazirligi X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar


– rasm. Sanoat robotining struktura sxemasi



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə6/86
tarix07.01.2024
ölçüsü1,66 Mb.
#204883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020 (1)

– rasm. Sanoat robotining struktura sxemasi:


BQ – boshqarish qurilmasi, YuBQ – yuritmalarni boshqarish qurilmasi; D – datchik; Yu yuritma; ishchi qurilmasi.
Robotlar bajariladigan operatsiyalarining murakkabligiga va vazifasiga qarab 3 avlodga bo‘linadi.
Birinchi avlodga avtomatik ishlovchi programmali boshqariladigan robotlar kiradi, ularda manipulyatsion operatsiyalarning xarakteriga qarab programmalash va mexanik qurilmalarining ishlashi nisbatan oson moslashtiriladi. Bunday robotlarda boshqarish qurilmasi sifatida programmali boshqarish qurilmasi yoki kompyuter ishlatiladi. Birinchi avlod robotlari yetarli darajada universal va ko‘p imkoniyatlarga ega hisoblanadi. Mavjud avtomatlashtirish vositalariga qaraganda birinchi avlod sanoat robotlari yangi topshiriqlarni bajarishga tez va yaxshi moslashadi.
Tashqi muhit bo‘yicha informatsiyaning birinchi avlod sanoat robotlarida yo‘qligi, o‘zgaruvchan sharoitlarga mos ravishda ish jaryonlarini optimallashtirish imkoniyatini bermaydi. Bu esa birinchi avlod sanoat robotlarini qo‘llashni bir oz
cheklaydi va kerakli ishchi zonani shakllantirish uchun qo‘shimcha ishlar o‘tkazish zarur bo‘ladi.
Ikkinchi avlod - adaptiv robotlar, ular tashqi muhit o‘zgarishlariga moslasha oladi. Adaptiv robotlarning birinchi avlod programmali robotlarga qaraganda funksional imkoniyatlari keng bo‘ladi. Tashqi muhit bo‘yicha informatsiyani olishda turli xil sensor qurilmalardan foydalaniladi. Masalan, sun’iy ko‘z sistemalari, taktil sensorlar, lokatsion datchiklar va h.
Uchinchi avlod – intellektual robotlar. Bunday robotlar tashqi muhitni o‘zida aks ettira oladi, avtomatik ravishda bajarilishi kerak bo‘lgan harakatlar bo‘yicha qaror qabul qilish imkoniyatiga ega. Intellektual robotlar odamga o‘xshash turli intellektual va oldindan rejalashtirilgan harakat funksiyalarini bajaradi.

    1. Yüklə 1,66 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin