X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar


- rasm. Pressga xizmat єiluvchi robot asosidagi robototexnik kompleks



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/134
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205903
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   134
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020

 
11.1- rasm. Pressga xizmat єiluvchi robot asosidagi robototexnik kompleks 
Pressga xizmat qiluvchi robot asosidagi robototexnik kompleks 11.1- 
rasmda keltirilgan.
Sanoat roboti 1 boshqarish sistemasi 7 ga ega. Sanoat roboti boshlang‘ich 
pozitsiyadan ta’minlovchi 2 dan zagatovkani olib, press 4 ning shtampiga uzatadi. 
Press o‘z ishini bajargandan keyin, tayyor detal magazin 6 ga yuboriladi. Presslash 
natijasida hosil bo‘lgan chiqindilar yashiklar 3 va 5 ga tushiriladi.
11.3. Yig‘uv operatsiyalarini bajaruvchi sanoat robotlari 
Mashinasozlikda sanoat robotlari qo‘llaniladigan asosiy sohalardan biri-
yig‘uv operatsiyalaridir.ishlab chiqarishning boshqa sohalariga qaragandayig‘uv 
operatsiyalarini bajarish eng kam avtomatlashtirilgan, shuning uchun sanoat 


136 
robotlarini qo‘llash dolzarb hisoblanadi. Sanoat robotlari yordamida bajarilishi 
mumkin bo‘lgan yig‘uv operatsiyalariga quyidagilar kiradi:
- bir detalni ikkinchisiga joylashtirish; 
- detalni ma’lum bir pozitsiyaga qo‘yish va olish; 
- presslash; 
- bir detalni ikkinchisiga burab o‘rnatish; 
- yopishtirish; 
- detallarni siqib o‘rnatish va hokazo.
Bu asosiy operatsiyalardan tashqari bir necha yordamchi operatsiyalarni 
ham robotlar bajarishi kerak, masalan, tranportirovka, orientirlash, o‘lchash va 
hokazo. 
Yig‘uv operatsiyalarini sanoat robotlari yordamida yig‘uv operatsiyalarini 
avtomatlashtirishda quyidagi asosiy talablarga riolya qilishi kerak: 
- toza bo‘lishi kerak; 
- konstruksiyalari uzatish qurilmasidan chiqishda bir-biriga ilashib qolishi 
kerak emas; 
- yengil deformatsiyalanadigan, mo‘rt detallar yig‘ish tavsiya qilinmaydi; 
- yig‘uv pozitsiyasidan oldin detallarning texnik sharlariga mos kelishini 
nazorat qilish zarur bo‘ladi.
Adaptiv boshqarishning yig‘uv sanoat robotining struktura sxemasi 11.2- 
rasmda keltirilgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin