3.3. Laboratoriyada va natural o‘lchashlar. Biomexanik tavsiflar
Harakat amali jarayonidagi biomexanik tavsiflarning o‗zgarishlari to‗g‗risidagi
bilimlar har xil moddiy tizimlardan olinadigan birlamchi axborotda bazalashadi.
Datchiklar odamga, sport
jihozlariga va qurilmalariga, tayanch yuzalarga
o‗rnatilishi mumkin. Kontaktsiz o‗lchash tizimlari ham qo‗llanadi. Datchik,
odamga yoki uni qurshab turgan jismlarga bevosita tegib turadi. Uni qo‗llash
paytida, biomexanik tavsif elektr signaliga aylanadi, u,
kuchaytirilganidan keyin
kompyuterning chiqish portiga beriladi.
72
Signal datchikdan ikkita usulda uzatiladi: o‗tkazuvchi aloqa orqali yoki
radiosignal orqali, yorug‗lik signali, issiqlik (infraqizil) nurlanishi – buning
barchasi datchik va qabul qiluvchining telemetrik aloqasi (―telemetriya‖,
yunonchadan tele – uzoq; metron – me‘yor, ―masofadan turib o‗lchash‖ni
anglatadi).
O‘tkazuvchi aloqa
(o‗tkazuvchi telemetriya)
foydalanishda eng sodda va
elektrik yoki radio to‗siqlar paytida barqaror, lekin chegaralanishga ega – odam
harakatlari parametrlarini o‗lchash paytida, uni fazoning berk sohasida qo‗llash
mumkin.
Bunday fazoviy-chegaralangan o‗lchash sifatida,
odamni tribunada
harakatlanishini, og‗ir atletik mashqlar, uloqtirish aylanasida uloqtiruvchining
harakatlari va hokazolarni tadqiq qilish xizmat qiladi.
Ularning barchasi
laboratoriya o‗lchashlariga mansub.
Radiotelemetriya
, datchikdan bitta yoki bir nechta radiokanallar orqali
olinadigan birlamchi axborotni uzatishni ta‘minlaydi. Uzatishning ushbu usuli
odamning alohida biomexanik parametrlarini harakat
faoliyatining tabiiy
sharoitlarida nazorat qilish imkonini beradi. Odamning tanasiga datchiklar va
radiouzatgich – miniatyurali ko‗p kanalli uzatuvchi moslama mustahkamlanadi.
Stadion, zal, basseynning biron-bir qismiga o‗rnatiladigan qabul qilish
moslamasining
antennasi signallarni ushlaydi, moslamaning o‗zida esa, qabul
qilingan signal qayta kodlashtiriladi va eslab qolinadi. Telemetriya qo‗llanilgan
paytida odamning harakatlari chegaralanmaganligi tufayli, ma‘lumotlarni qayd
qilish va uzatishning mazkur usulini natural o‗lchash deb, ya‘ni odam o‗zining
harakat amallarini tabiiy
tarzda amalga oshirganda, masalan, musobaqalar yoki
trenirovkalar vaqtidagi kabi yetarlicha katta fazodagi harakatlanishlar bilan
o‗lchash deb aytish mumkin. So‗zsiz, o‗lchashning
kontaktsiz vositalari bilan
biomexanik parametrlarni o‗lchashni, odam harakatlarining erkinligini
chegaralamaydigan natural o‗lchashlar qatoriga kiritish mumkin.