Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


 Reja – loyihalarning samaradorlik ko’rsatkichlarini hisoblash



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

17.3. Reja – loyihalarning samaradorlik ko’rsatkichlarini hisoblash 
Firmaning ichki rejalashtirish ishlab chiqarish jarayonida mavjud ishlab 
chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish asosida maksimal natijalarga erishishni 
ta’minlaydigan iqtisodiy ko’rsatkichlarni asoslash va optimallashtirish ko’zda 
tutiladi. Amaldagi uslubiy ko’rsatmalarga asoslanib ishchan loyihalarning optimal 
variantlarini aniqlashning ma’lum bir tartibi belgilanadi. 
Birinchi bosqichda texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etishni 
rivojlantirishning rejalashtirilgan variantlari tanlanadi. Ushbu variantlarning har 


281 
biri cheklanishlar, xususan texnik ko’rsatkichlar, sifat ko’rsatkichlari, ishlab 
chiqarish standartlari, ijtimoiy sharoitlar, sotish muddati va bozorning boshqa 
ehtiyojlarini qondirish talab etiladi. 
Ushbu ko’rsatilayotgan alternativ variantlar qatoriga texnik-iqtisodiy 
ko’rsatkichlari darajasi eng ilg’or jahon namunalari (yutuqlariga) mos keladigan 
texnika turlari yoki ishlov berishning texnologik usullari, shuningdek ishlab 
chiqarishni tashkil etish shakllari ham albatta kiritilishi lozim. 
Kelgusi bosqichda har bir tanlangan variant bo’yicha xarajatlar, natijalar va 
iqtisodiy samara ko’rsatkichlari aniqlanadi. Turli vaqtdagi xarajat va natijalar 
keltirish yoki diskont koeffitsenti yordamida hisob yiliga tenglashtirilishi kerak. 
quyidagi jadvalda turli diskont me’yorlaridagi diskont koeffitsentlarining hisob 
ko’rsatkichlari keltirilgan. 
17.1-jadval 
Diskont
koeffitsientlari
Yillar 

Diskont normasi (foiz stavkasi) Ye
g


10 
15 
20 
25 
30 









10 
0,9901 
0,9803 
0,906 
0,9610 
0,9515 
0,9420 
0,9327 
0,9235 
0,9143 
0,9053 
0,9524 
0,9070 
0,8636 
0,8277 
0,7835 
0,7462 
0,7107 
0,6768 
0,6446 
0,6129 
0,9041 
0,8264 
0,7513 
0,6830 
0,6209 
0,5645 
0,5132 
0,4665 
0,4241 
0,3855 
0,8696 
0,7561 
0,6575 
0,5718 
0,4972 
0,4323 
0,3759 
0,3269 
0,2843 
0,2472 
0,8333 
0,6444 
0,5787 
0,4823 
0,4017 
0,3349 
0,2791 
0,2326 
0,138 
0,1615 
0,8000 
0,6400 
0,5120 
0,4096 
0,3277 
0,2621 
0,2092 
0,1678 
0,1342 
0,1074 
0,7692 
0,5917 
0,4552 
0,3501 
0,2693 
0,2072 
0,1594 
0,1126 
0,1943 
0,0725 
Bajarilgan hisobga asosan loyihaning eng yaxshi varianti tanlanadi. Iqtisodiy 
samara kattaligi eng yuqori bo’lgan variant optimal hisoblanadi. 


282 
Foydali natija teng bo’lgan holatda xarajatlar miqdori kichik bo’lgan variant 
eng yaxshi variant hisoblanadi. 
1.
Loyihani amalga oshirish uchun harajatlar hisobi. 
Innovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun umumiy xarajatlar mahsulotni 
ishlab chiqarish va undan foydalanish bosqichidagi xarajatlardan tashkil topadi. 
X
t
= X
i
+ X
f
bu yerda: 
X
t
– hisob davridagi umumiy joriy xarajatlar, so’m; 
X
i
– mahsulotni ishlab chiqarish bosqichidagi xarajatlar, so’m; 
X
f
– mahsulotdan foydalanish sohasidagi xarajatlar, so’m. 
Mahsulotni ishlab chiqarish va undan foydalanish sohasidagi joriy xarajatlar 
bir xil hisoblanadi: 
X
i(f)
= J + K + L 
bu yerda: 
J – ishlab chiqarishdagi joriy xarajatlar, so’m; 
K – hisobot yilidagi mahsulot ishlab chiqarish uchun kapital xarajatlar, so’m; 
L – hisobot yilida ishlab chiqarishdan chiqarilayotgan asosiy fondlarning 
(likvidatsiya) yo’qotish qiymati, so’m. 
Joriy xarajatlar yillik hajmiga shuningdek bitta mahsulot uchun belgilanishi 
mumkin. Mahsulotni ishlab chiqarish sohasidagi joriy xarajatlar alohida me’yoriy 
xarajat elementlarining birikmasi bilan aniqlanadigan birlik mahsulot tannarxini 
ifodalaydi. 
X
i
= M + Ye + IX + E + A + Ais + B 
Bir vaqtlik (kapital) qo’yilmalarning umumiy kattaligi jihozlarni sotib olish, 
keltirish, o’rnatish, shuningdek ishlab chiqarilmaydiganlarni sotib olish uchun 
xarajatlarning yig’indisidan tashkil topadi. 
K = B
j
+ X
tr
+ X
qmi
+ B
m
bu yerda: 
B
j
– jihoz bahosi, so’m; 


283 
X
tr
– transoprt xarajatlari, so’m; 
X
qmi
– qurilish-montaj ishlari xarajatlari, so’m; 
B
m
– ishlab chiqarish maydoni bahosi, so’m. 
Chiqarib yuborilayotgan asosiy fondlarning umumiy tugatish qiymati 
quyidagicha hisoblanadi. 
L = K
j
.
Q
q
bu yerda: 
K
j
– chiqarilayotgan fond birligi soni 
Q

– birlik jihozning qoldiq qiymati, so’m 
Loyihaning asosiy natijalarini qiymat baholash ishlab chiqarish texnika va 
texnologiyasining maqsadiga bog’liq holda amalga oshiriladi. 
2.
Iqtisodiy samarani hisoblash. 
Yangi texnika, texnologiya joriy etish va ishlab chiqarishni tashkil etishdan 
olinadigan umumiy iqtisodiy samara natija va xarajatlar farqi bilan aniqlanadi. 
U
t
= N
t
- X
t
Yillik iqtisodiy samara mahsulot bahosi va tannarxi orasidagi farq sifatida 
aniqlanadigan foydaning umumiy yillik miqdorini ifodalaydi. 
F
um
= (B – T) 
.
Q
n
bu yerda: 
B – mahsulot bahosi, so’m; 
T – mahsulot tannarxi, so’m; 
Q
n
– natural ifodadagi mahsulot hajmi.
3.
Qoplanish muddatini aniqlash. 
Umumiy 
holatda 
innavatsiya 
loyihalarining 
qoplanish 
muddati 
xarajatlarning yillik samaraga nisbati orqali belgilanadi. 
T
qop
= X
t
/U
t
Loyihaning 
hisoblangan 
qoplanish 
muddati 
me’yoriy ko’rsatkich 
chegarasida bo’lishi zarur. 


284 
Qoplanish muddati me’yoriy ko’rsatkichga mos kelmagan holatlarda 
iqtisodiy samara chegarasi yoki zararsizlik nuqtasi kabi iqtisodiy ko’rsatkichlar 
hisoblanishi mumkin. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin