Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

 
Ishlab chiqarish dasturi
 
1-Masala 
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt 325.6 ming so’mga teng bo’lgan asosiy 
mahsulotni ishlab chiqardi. Sanoat xarakteridagi ishlar 41.15 ming so’m bo’lib, 
o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar hajmi 23.7 mln so’m bo’lib, 
ulardan 80 foiz korxona maqsadi uchun foydalanilgan. Yil oxiriga borib 
tugallanmagan ishlab chiqarish 5 ming so’mga oshadi. Tovar va yalpi mahsulotni 
aniqlang. 
Masala quyidagi tartibda yechiladi: 
Dastlab tovar mahsuloti aniqlanadi.
Tovar mahsuloti = 325.6+41.15+23.7*0.2 = 371.49 ming so’m 
Yalpi mahsulot = 371.49+5.0 = 376.49 ming so’m 
 
2-Masala 
Sex 1 soat davomida 45 kg mahsulotni ishlab chiqaradi. U hisobot davomida 
bir maromda ishlamadi. 1-yarim yillikda bir smena, 2-yarim yillikda esa ikki 


295 
smena ishladi, 1-yarim yillikda 120 kun, 2-yarim yillikda 180 kun ishladi. Sexning 
yillik ishlab chiqarish hajmini aniqlang.
 
3-Masala 
Ikki smenali ish sharoitida ishlovchi agregatning ish vaqti fondi 5120 soat 
bo’lib, ish kuni davomiyligi 8 soatga teng. Mahsulotni ishlab chiqarish uchun 20 
soat vaqt ketadi. Ishlab chiqarish topshirig’ini bajarish foizi 117 foiz bo’lib, 
mahsulotning yillik ishlab chiqarish hajmini aniqlang. 
 
4-Masala 
Quyidagi ma’lumotlardan foydalangan holda zaruriy jihozlar sonini 
aniqlang. Yillik mahsulot hajmi 3500 million metr mato bo’lib, jihozning soatlik 
unumdorligi 3,8 metrga teng. Yildagi nominal ish kunlari 256 kunga teng bo’lib, 2 
smenali ish tartibi o’rnatilgan. Ish kuni davomiyligi 8 soatga teng. Ta’mirlash 
tanaffuslari vaqti 5 foizni, chiqindilar chiqish me’yori 0,4 foizni tashkil etadi.
 
5-Masala 
Quyidagi ma’lumotlardan foydalangan holda zaruriy jihozlar sonini 
aniqlang. Yillik mahsulot hajmi 4200 metr mato bo’lib, jihozning soatlik 
unumdorligi 4,2 metrga teng. Yildagi nominal ish kunlari 255 kunga teng bo’lib, 2 
smenali ish tartibi o’rnatilgan. Ish kuni davomiyligi 8 soatga teng. Ta’mirlash 
tanaffuslari vaqti 6 foizni, chiqindilar chiqish me’yori 0,35 foizni tashkil etadi.

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin