2.1 – jadval
Ichki rejalashtirishning asosiy tamoyillari
T/R
Rejalashtirish
tamoyillari
Mazmuni
1.
Zaruriylik
Har bir sohada rejalardan majburiy tarzda foydalanish faoliyat
samaradorligi asosi hisoblanadi. Harakat qilishdan avval nima
istashi va bajarilishini bilish lozim.
2.
Uzluksizlik
Rejalashtirish jarayoni muntazam ravishda amalga oshirilishi
uchun quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
a)
avvalgi davr rejalarining amal qilish davri tugashi bilan
yangi rejalar tuzilishi lozim;
b)
reja davriniig ma’lum bir qismi o’tgach, shart – sharoitlarni
e’tiborga olgan holda yangilangan rejalar tuzilishi lozim.
39
3. Moslashuvchanlik
Dastlabki rejalarni o’zgaruvchan sharoitlarga muvofiqlashtirish
quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
a)
asosiy
ko’rsatkichlar
bo’yicha
rejaviy
rezervlarni
shakllantirish;
b)
turli vaziyatlar uchun vaziyatli rejalarni tuzish;
c)
muhit o’zgarishining xisobini yuritish maqsadida Operativ
rejalardan foydalanish;
d)
alternativ rejalardan foydalanish.
4.
Yagonalik
(umumiylik) va
tizimlilik
Tizimlilikka 3 asosiy usulda erishiladi:
1.
Umumiy (yagona) iqtisodiy maqsadning mavjudligi va
gorizontal hamda vertikal darajalar bo’yicha tuzilmaviy
bo’linmalarning o’z aro aloqasini ta’minlash.
2.
Barcha bo’linma va faoliyat sohalarining xususiy rejalari
o’zaro bo g’liqlikda umumiy rejani tashkil etishi lozim.
3.
Qaror qabul qilishda ahamiyatga ega bo’lgan barcha
omillarni rejaga kiritish.
5.
Aniqlilik
1.
Har bir reja qo’yilgan maqsadga erishish uchun yetarli
darajadagi aniqlikda tuzilishi lozim.
2.
Operativ rejalardan uzoq muddatli rejalarga o’tilishi bilan
aniqlilik darajasi pasayib borishi mumkin.
6.
Ishtirok etish
1.
Personalning rejalashtirish jarayonidagi aktiv ishtiroki uning
ishga bo’lgan munosabatini o’zgartiradi.
2.
O’zi uchun rejalashtirish psixologik va iqtisodiy jihatdan
samaraliroq hisoblanadi.
Komplekslilik tamoyili. Har bir korxona bo’linmalar iqtisodiy faoliyati
natijalari texnika va texnologiyani rejalashtirish, ishlab chiqarishni taishkil etish
darajasiga, xodimlarni boshqarish,, rag’batlantirish va mehnatga haq to’lash
tizimiga, mavjud moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan foydalanish,
daromadlilik va to’lov qobiliyati ko’rsatkichlari darajasiga bog’liqdir. Sanab
o’tilgan barcha omillar reja ko’rsatkichlar kom’leks tizimini tashkil etadi. Shu
sababli, ulardan birortasidagi sifat va miqdor o’zgarishlari boshqa iqtisodiy
ko’rsatkichlarning o’zgarishiga olib keladi. Bundan tashqari ishlab chiqarishdagi
har qanday reja qarorni nafaqat iqtisodiy natijalarga, balki ijtimoiy, texnik,
tashkiliy natijalarga ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli qabul qilinayotgan rejaviy va
boshqaruv echimlari alohida olingan ob’ektlarda ham, korxona yakuniy natijalarida
ham kompleks tarzda tashkil etilishi lozim.
40
Samaradorlik tamoyili ishlab chiqarishni yuqori samaradorlik keltiruvchi
variantda tashkil etishni ko’zda tutadi. Har qanday rejalashtirilgan samara
belgilangan natijaga erishilgan darajani ifodalaydi.
Samarani baholashda rejalashtirish jarayonida kutilayotgan ko’rsatkichlarni
oldindan tanlangan maqsad, belgilangan daromad normativlari va boshqa
solishtirma ma’lumotlar bilan solishtirish amalga oshiriladi.
Rejani tuzish bosqichida haqiqiy samarani baholash mumkin emas. Lekin
shunga qaramay ularni rejalashtirish zarur. Har qanday samara yakuniy natijada
birlik mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan turli resurslarning iqtisodida
ko’rinadi. Rejalashtirilgan samaraning eng boshlang’ich ko’rsatkichi kelishish
hisoblanadi. Optimallik prinsipi rejalashtirishning barcha bosqichlarida bir nechta
variantdan eng muqobilini tanlashni ko’zda tutadi.
Turli rejalarning optimalligini belgilovchi chegaralar rejalashtirish
jarayonida belgilanadigan mahsulot kam mehnat sig’imi, material sig’imi,
mahsulot tannarxi, shuningdek, maksimal foyda bilan ifodalandi.
Ishtirok etish prinsipi xodimlarning rejalashtirish jarayonida aktiv ishtirok
etishlarini ko’zda tutadi. Chunki hech kim boshqalar uchun samarali rejalashtira
olmaydi. Korxonaning har bir xodimi ichki shart sharoitlarni, o’z imkoniyatlarini
shuningdek, o’z istak va maqsadlarini yaxshi bilganlari tufayli, yuqori sifatli rejalar
tuzishga erishishlari mumkin.
Xomum tamoyili 2 qismdan tashkil topgan: koordinatsiya va integratsiya.
Ularning har biri korxonaning ma’lum bir darajasiga, obyektiga tegishlidir.
Koordinatsiya bir xil darajadagi ob’ektlarning o’z aro aloqasini, integratsiya
esa turli darajadagi obyektlar orasidagi aloqani qamrab oladi.
Koordinatsiyalash tamoyili korxona bo’linmalarining faoliyatini alohida
rejalashtirish yuqori samara keltirmaydi degan fikrni tasdiqlaydi. Bundan
korxonaning barcha bo’linmalari faoliyatini bir vaqtda va o’z aro bog’liq holda
rejalashtirish zarurligi kelib chiqadi. Muammolar qayerda paydo bo’lishidan qat’iy
nazar, ularni birgalikda hal etish lozim.
Integratsiyalash tamoyiliga ko’ra barcha darajada o’z aro bog’liq
41
rejalashtirish lozim. Korxonaning bir darajasida belgilangan strategiya yoki
taktika, boshqa bo’inlar uchun ham yangi muammolar tudiradi. Ushbu
prinsiplarning uyunlashuvi xomum prinsipini keltirib chiqaradi, Ushbu prinsipga
ko’ra korxonada element va bosqichlar qanchalik ko’p bo’lsa, ularning barchasida
birdaniga rejalashtirish maqsadga muvofiqdir.
Yuqoridagi prinsiplar asosida amaliy faoliyat jarayonida rejalashtirishning
umumiy ilmiy usullari rejalanadi. Rejalashtirish usullari zaruriy reja ko’rsatkichlari
va natijalarini axtarish, asoslash va tanlash jarayonidir.
Amaliy maqsad, foydalaniladigan boshlang’ich axborot, me’yoriy baza,
yakuniy reja ko’rsatkichlarini aniqlash yo’llariga bog’liq rejalashtirishning ilmiy,
eksperimental, me’yoriy, balans, sistemali–analitik, programmali–maqsadli,
iqtisodiy–matematik, injener iqtisodiy, loyixa variantli usullaridan foydalaniladi.
Har bir usul rejalashtirilayotgan asosiy natijaga nisbatan ustunlikka ega bo’lgan
belgilar bilan xarakterlanadi. Masalan, ilmiy usul – rejalashtirish borasida chuqur
bilimga ega bo’lishni talab etadi, tajriba (eksperimental) usuli – tajriba
ko’rsatkichlarini tahlil qilish va asoslashni; me’yoriy usul – rejalashtirishda ilmiy
asoslangan me’yorlaridan keng foydalanishni talab etadi.
Rejalashtirish jarayonida xech bir usul yakka tarzda qo’llanilmaydi. Ichki
rejalashtirishning samaradorligini oshirish asosini korxona holatini, uning ichki va
tashqi muhitini har tomonlama o’rganishga qaratilgan ilmiy yondashish tashkil
etadi.
Masalan, sistemali tahlil korxona yoki uning bo’linmalari faoliyatida
quyidagi savollarni hal etishga qaratiladi:
1)
Rejalashtirishda ko’zda tutilayotgan tizimni qanday ajratish lozim;
2)
Korxona qaysi sohada va qanday sharoitda faoliyat ko’rsatmoqda;
3)
Firma qanday tarzda tashkil qilingan va amalda qanday faoliyat ko’rsatmokda;
4)
Firmaning siyosati, strategiyasi, taktikasi qanday?
5)
Korxona ilgari qanday ishlagan va hozirda qanday faoliyat ko’rsatmoqda;
6)
Korxona aksiyadorlari kimlar va ular qancha?
7)
Firma raqobatchilari kimlar, ularning bozordagi ulushi qanday va u qanday
42
o’zgaradi;
8)
Korxona faoliyatiga qanday qonun va qarorlar ta’sir ko’rsatadi.
Ushbu tahlil davomida olingan natijalar korxonaning rejali rivojlanishini
cheklaydigan omillarni aniqlashga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |