Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


III BOB. REJALASHTIRISH TURLARI VA USULLARI



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

III BOB. REJALASHTIRISH TURLARI VA USULLARI 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
ichki rejalashtirish muammolari, mohiyati, maqsadi, 
ichki rejalashtirishning funksiyalari va ularga qo’yiladigan talablar, rejalashtirish jarayoni, 
rejalashtirish usullari va uslubiyati, rejalashtirish texnologiyasi, rejalashtirish natijasi, 
boshqa fanlar bilan aloqasi. 
 
3.1. Rejalashtirish turlari 
 
Ichki rejalashtirish erkin bozor iqtisodiyotida muxim o’rin egallaydi. 
Rejalashtirish umumiy iqtisodiy tizimda davlatning, ayrim korxonalarniig, 
korporatsiya yoki firmalar xamda oilaviy xo’jaliklarning o’z manfaatlarini 
uyg’unlashtirish imkonini beradi. Rivojlangan bozor munosabatining asosiy 
vazifasi iqtisodiyotda barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o’sish va insonlarniig 
turmush darajasini oshirishga xarakat qilish lozim. Ichki rejalashtirish xam 
kishilarning turli extiyojlarini qondirishga, foyda (daromad) miqdorini oshirishga 
qaratiladi. Bozor iqtisodiyotida davlat va korxona rejali – yo’naltirilgan ishlab 
chiqarish xo’jalik faoliyatiniig asosiy mustaqil sub’ekti xisoblanadi. 
Ichki rejalashtirish va davlatni boshqarish o’rtasida erkin bozor 
munosabatlariga, talab va taklifning mutanosibligiga asoslangan o’z aro iqtisodiy 
ta’sir mexanizmi amal qiladi. 
Ma’lumki, bozor iqtisodiyotida talab taklifni keltirib chiqaradi, u esa o’z 
navbatida shaxsiy talabning zaruriy hajmini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ichki 
rejalashtirish erkin bozor tizimining muxim tarkibiy qismi bo’lib xisoblanadi. 
Marketing, ishlab chiqarishni tashkil etish, korxonani boshkarish kabi fanlar bilan 
bog’liq xolda rejalashtirish fani bozor iqtisodiyotining muxim, fundamental 
masalalariga javob topishga imkon yaratadi. Ichki ishlab chiqarishni 
rejalashtirishning mohiyatini belgilovchi ushbu masalalarni quyidagicha ifodalash 
mumkin: 


47 
1.
Korxonada qanday mahsulot, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish lozim? 
2.
Qancha miqdorda mahsulot, tovar va xizmatlar ishlab chiqarish kerak va 
buning uchun qancha iqtisodiy resurslar talab etiladi? 
3.
Ushbu mahsulotni qanday ishlab chiqarish, qanday texnologiyani qo’llash 
lozim va ishlab chiqarishni qanday tashkil etish kerak? 
4.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning isteomolchilari kimlar va qanday 
bahoda sotish mumkin? 
5.
Korxona bozorga qanday moslashadi va bozordagi ichki va tashqi 
o’zgarishlarga qanday moslashadi? 
Bozor iqtsiodiyoti oldiga qo’yilgan ushbu fundamental masa’alardan kelib 
chiqadiki, korxona va firmalarda ichki rejalashtirishning ob’ekti bo’lib, ishlab 
chiqarish jarayonini xarakterlovchi iqtisodiy - reja ko’rsatkichlari xisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyoti shaoritida barcha ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar, 
tovarlar, ishlar va xizmatlarga bo’lgan talabdan kelib chiqib, mavjud iqtisodiy 
resurslardan samarali foydalanish, maksimal foyda olish maqsadida mustaqil
ravishda o’z faoliyatlarini tashkil etadi va rejalashtiradi. Tanlangan maqsad, 
qo’llaniladigan usullarga bog’liq xolda rejalashtirishning bir kancha turlarini 
ajratish mumkin. 
Texnik-iqtisodiy rejalashtirishda - korxonalarning texnik va iqtisodiy 
rejalashtirish ko’rsatkichlarini belgilaydi, ya’ni ishlab chiqarishning optimal 
variantlari tanlanadi, zaruriy resurslar tanlanadi, ulardan foydalanish normalari 
belgilanadi, yakuniy moliyaviy ko’rsatkichlari aniqlanadi. 
Operativ 

ishlab chiqarish rejalarida yuqoridagi ko’rsatkichlar 
chuqurlashtirilib, tsexlar, uchastka va ish o’rinlari bo’yicha taqsimlanadi. 
Rejalashtirishni yana quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin: 
1.
Mazmuniga ko’ra; tashkiliy - texnik, ijtimoiy mexnat, moliyaviy-investitsion, 
biznesni rejalashtirishlashtirish, ta’minot rejasi. 
2.
Boshqaruv darajasiga ko’ra: korxona, korporativ, o’rta pog’onada esa - tsex 
rejasi quyi pog’onada - ishlab chiqarish rejalari. 
3.
Asoslanishiga ko’ra: bozor, indikativ, administrativ. 


48 
Davlat 
mulkiga 
asoslangan 
korxonalarda 
administrativ 
rejalashtirishfoydalaniladi. Aksionerlik jamiyatlari va boshqa xususiy mulkka 
asoslangan korxonalarda bozor yoki indikativ rejalardan foydalaniladi. 
Indikativ rejalashtirish - baho va tariflarni, soliq miqdorini, minimal ish haqi 
miqdorini davlat tomonidan yo’naltirishni ko’zda tutadi. 
Markazlashgan reja - barcha ko’rsatkichlarni yuqori boshkaruv organlari 
tomonidan belgilash ko’zda tutiladi. 
4.
Amal qilish vaqtiga ko’ra: qisqa muddatli ya’ni, joriy 1 yil davomida, o’rta 
muddatli ya’ni, 1-3 yilgacha, uzoq muddatli ya’ni 3-10 yilgacha. 
5.
Qo’llash sohasiga ko’ra: sex aro, sex ichidagi, brigada va yakka tartibli. 
6.
Ishlab chiqarish stadiyalari bo’yicha: dastlabki va yakuniy. 
7.
Aniqlik darajasiga ko’ra: yiriklashtirilgan (umumiy) va aniqlashtirilgan. 
Chet el amaliyotida vaqt omilini e’tiborga olgan holda reja tuzishning 4 xil 
turini ajratish mumkin. 
Reaktiv rejalashtirish erishilgan tajriba va ishlab chiqarishni rivojlantirish 
tarixini taxlil qilishga asoslanadi xamda mavjud tashkiliy shakl va vujudga kelgan 
odatlarga tayanadi. Bunday rejalashtirish ishlab chiqarish muammolarini aloxida 
ko’rib chiqadi, shu sababli bir butunlik va uning ayrim qismlarining o’z aro 
aloqalarini e’tiborga olmaydi. Bundan tashqari ushbu reja zarur bo’lmagan narsa va 
holatlardan foriq bo’linsa talab etil gan natijaga olib keladi, degan xato fikrga 
asoslanadi. 
O’tmishga qaratilgan reaktiv rejalashtirish ko’pincha ushbu korxona 
mahsulot va xizmatlarini nafakat tashqi balki ichki bozordan xam siqib 
chiqarilishiga olib keladi. 
Inaktiv rejalashtirish korxonadagi erishilgan holatga asoslanadi ya’ni orqaga 
xam qaytmaydi, ilgariga qarab xarakat xam qilmaydi. Uning asosiy maqsadi ishlab 
chiqarish barqarorligiga erishishdir. Inaktiv tashkilotlar o’z qoida, qadriyat va 
uslublarini ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy samaradorligidan ustun qo’yadi. 
Inaktiv rejalashtirishga asoslangan korxonalarga misol qilib davlat 
korxonalari, byudjet tashkilotlari, administrativ tashkilotlar, korxonalarning xizmat 


49 
ko’rsatish va funksional xizmatlar rejalarini keltirish mumkin. 
Preaktiv rejalashtirish korxona faoliyatining turli sohalarida uzluksiz 
o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratiladi. Bunda preaktivistlar fan va texnikaning 
ilgor 
yutuqlariga 
tayanadilar, 
prognozlash 
va 
eksperimentlardan 
keng 
foydalanadilar, lekin yig’ilgan tajribalarga kamroq axamiyat beradilar. Bunday 
rejalashtirish kelgusini istiqbollash va unga tayyorgarlik ko’rishdan iborat bo’ladi. 
Rejalashtirish yuqoridan quyiga karab amalga oshiriladi. Avval tashqi sharoit 
istiqbollanadi, so’ngra korxonaning muxim maqsadlari va strategiyasi belgilanadi. 
Preaktiv rejalashtirishning kamchilik tomoni shundaki, prognoz qanchalik uzoq 
muddatni qamrab borsa, shunchalik xatolik extimoli yuqori bo’ladi. 
Interaktiv rejalashtirish istalgan istiqbolni loyixalashtirishni va unga erishish 
yo’llarini axtarishni ko’zda tutadi. Bunday rejalashtirish korxonaning individual, 
tashkiliy, ijtimoiy rivojlanish darajasini oshirishga qaratilib, o’tmishni, xozirgi 
davrni va kelgusining o’z aro aloqasiga tayanadi. 
Ichki rejalashtirish turlari va sistemalari nafaqat korxonalar rejali faoliyati 
mazmunini, balki iqtisodiyotni boshqarishning barcha darajalarida rejalashtirish 
mazmunini xam xarakterlaydi. Bu erda rejalashtirish faoliyatining mazmuni yoki 
predmetini ilmiy va amaliy jixatdan aniqlashtirish zarur. 
Rejalashtirish 
nazariyasi 
ilmiy 
bilimlarni 
quyidagi 
muhim 
muammolarbo’yicha shakllantirishni ko’zda tutadi: bozor rejalashtirish uslubiyati, 
me’yoriy bazani yaratish, rejadaginormativ va ko’rsatkichlarning o’zaro 
ta’sirmexanizmi,reja tuzish usullari, strategik rejalashtirish, moliyaviy 
rejalashtirish, tarmoqli rejalashtirish, biznes - rejalashtirish, ijtimoiy - mehnat 
rejalari, operativ rejalashtirish, rejalarni iqtisodiy baholash, rejalashtirishni
takomillashtirish. 
Rejalashtirish amaliyoti nazariya va uslubiyatni o’zlashtirish, rejalarni 
asoslash usuli va uslublarini o’rganish, barcha bilimlardan zaruriy mablag’ va
resurslarni tanlashda foydalanish kabilarni ko’zda tutadi. Korxonada rejalashtirish 
mazmuni iste’molchi va ta’minotchi, ob’ekt va tizimi, reja tuzish usullari va 
texnologiyasi kabi o’z aro bog’liq tashqi va ichki omillar bilan belgilanadi. 


50 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin