51
kabi asosiy funktsiyalar bo’yicha ko’rsatkichlarni mujassamlashtirgan turli
rejalardan foydalaniladi.
Rejalashtirishning yakuniy natijasi bo’lib belgilangan reja ko’rsatkichlariga
erishish darajasini belgilovchi iqtisodiy samara hisoblanadi. rejalashtirilayotgan
haqiqiy samarani solishtirish nafaqat yakuniy amaliy natijalarining ishonchliligini
baholash uchun asos, balki qo’llaniladigan rejalashtirish usullarining ilmiy
asoslanganligi, shuningdek ichki rejalashtirishning
rivojlanish darajasini
baholashga ham asos bo’ladi. Ichki rejalashtirishda qabul qilinayotgan
yechimlarning asoslanganligi va kutilayotgan natijalari, prognozlashtirish nazariy
qoidalar va printsiplarga hamda amaliy ma’lumot va faktlarga tayanadi.
Ulardan kuzatilayotgan iqtisodiy holatlarni ilmiy talablar nuqtai nazaridan
tushuntirish uchun foydalaniladi. Masalan, firmaning iqtisodiy faoliyatini tahlil
etish yakuniy foydani oshirishga intiladi degan oddiy taxmindan boshlanadi.
Rejalashtirish nazariyasi ushbu tahlildan korxonaning ishlab chiqarilgan mahsulot
turini tanlash, zaruriy ishchi kuchini yig’ish, material resurslarini sotib olish
bo’yicha rejalarini asoslashda foydalaniladi. Ichki rejalashtirish
firmalar asosiy
iqtisodiy resurslarning amaldagi narxlaridan kelib chiqqan holda o’z ishlab
chiqarish rejalarini qanday asoslashlarini tushuntiradi.
Rejalashtirishning eng ko’p tarqalgan usullari qatoriga quyidagilarni: balans,
me’yoriy, iqtisodiy-matematik, statistik, omillar bo’yicha, ko’p variantli hisob-
kitob usuli kabilarni kiritish mumkin. Rejalarning asoslanganlik darajasini
oshiruvchi va ularni tezda amalga oshirilishiga xizmat qiluvchi,
shuningdek,
tavakkalchilik va vujudga kelishi mumkin bo’lgan talofatlarni kamaytiruvchi usul
eng samarali usul hisoblanadi.
Hozirgi paytda balans usulining ahamiyati oshib bormoqda. Ushbu usulning
mohiyati, o’z aro aloqada bo’lgan ko’rsatkichlarni solishtirish bilan ifodalaniladi.
Balans usuli asosida korxonaning ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi, ishlab
chiqarish quvvatiga bo’lgan talablari va ularning manbalari aniqlanadi. Bundan
kelib chiqqan holda moddiy balans, ishldab chiqarish quvvatlari balansi,
ishchi
kuchi balansi, ish vaqti balansi, qiymat balansini ajratib ko’rsatish mumkin.
52
Balanslar, qoidaga ko’ra, ehtiyojlar va ularga mos keluvchi resurslarning
mavjudligi yoki manbalarini o’z ichiga oluvchi, o’z aro moslashuvchi jadval
shaklida tuziladi.
Balans usuli me’yoriy usuli bilan birgalikda qo’llaniladi. Me’yoriy usulida
resurslarni sarflashning yo’l qo’yish mumkin bo’lgan eng yuqori va eng quyi
chegaralari aniqlanadi. Bunda ishlab chiqarishni rejalashtirish
va tashkil etishda
me’yor va me’yoriy kabi tushunchalardan foydalaniladi.
Me’yor (norma) – belgilangan sifatdagi mahsulot birligi (ish, xizmat)
tayyorlash uchun sarflanuvchi xom-ashyo, material, yoqilg’i, energiya va boshqa
resursladan foydalanishning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan maksimal yoki
minimal chegarasidir. Agar resurslardan foydalanish me’yorlarini kamaytirish
mahsulot sifatining pasayishiga yoki belgilangan standartlar talablarining
buzilishiga olib keladigan bo’lsa, u holda bu me’yorlarni
kamaytirish mumkin
emas.
Me’yoriy – nisbiy kattalik bo’lib, asosan foizlar yoki koeffitsientlar
yordamida aks ettiriladi. U mehnat vositalari va predmetlaridan foydalanish
darajasini, ularning har bir maydon birligi, og’irlik birligi, hajm birligiga
sarflanishini tavsiflab beradi.
Dostları ilə paylaş: