Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

7.2-jadval 
Tadbirkorlik sub’ektining faoliyati bilan bog’liq tavakkalchilik 
turlari 
Tavakkalchilikning turlari 
Tarkibi 
Tabiiy jarayonlar bilan bog’liq 
tavakkalchilik 
-
favqulodda yuz beradigan tabiiy 
ofatlarning (yer qimirlashi, yong’in, 
suv 
toshqini, 
jala, 
dul, 
dovul, 
qurg’oqchilik va boshqa) xavfi; 
-
tabiiy-iqlimiy 
sharoitlar, 
ob-
havoning keskin o’zgarishi bilan bogliq 
xavf-xatarlar va boshqalar. 
Ishlab chiqaishga oid tavakkalchilik 
-
ishlab chiqarish jarayonining izdan 
chiqishi yoki to’xtab qolishi xavfi; 
-
moddiy 
resurslar 
bo’yicha 
ta’minotdagi uzilishlarning xavfi; 
-
texnologik 
asbob-uskunalarning 
jismoniy va ma’naviy eskirishi, ishdan 
chiqishi va buzilish xavfi; 
-
bino-inshootlarning 
yemirilishi, 
cho’kishi va qulashi bilan bog’liq 
xavflar; 
-
sifatsiz 
xom 
ashyo 
oqibatida 
yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarish 
xavfi; 


116 
-
mehnat xavfsizligiga rioya etmaslik 
oqibatida xodimlarning jaroxat olishi 
xavfi va boshqalar. 
Mahsulotlarni asrash va tashishga 
oid tavakkalchilik 
-
transport 
vositalarida 
yuklarni 
tashish jarayonida ro’y berishi mumkin 
bo’lgan 
yo’qotishlar 
va 
nobudgarchiliklar; 
-
mahsulotlarni asrash jarayonida yuz 
berishi mumkin tabiiy me’yordagi va 
undan yuqori bo’lgan buzilishlar va 
nobudgarchiliklar xavfi; 
-
tovar-moddiy 
qiymatliklarni 
o’g’irlash va talon - taroj qilish 
oqibatida ko’rilishi mumkin bo’lgan 
zararlar. 
Tijorat faoliyatiga oid tavakkalchilik 
-
raqobat 
ko’rashiga 
bardosh 
berolmaslik xavfi; 
-
mahsulot 
bahosining 
keskin 
pasayishi xavfi va boshqalar. 
Moliyaviy faoliyatga oid tavakkalchilik 
-
pulning qadrsizlanishi va inflyatsiya 
xavfi; 
-
valyuta 
hisob 
raqamidagi 
mablag’larning salbiy farqlanishi xavfi; 
-
investitsion 
sarflarning 
o’zini 
qoplamasligi xavfi; 
-
pul 
oqimlari 
va 
aylanma 
mablag’larning yetishmasligi xavfi; 
-
debitor va kreditor qarzlarning 
ko’payib ketishi xavfi; 
-
noto’lovlar xavfi; 


117 
-
qimmatli 
qogozlar 
qiymatining 
tushib ketishi xavfi; 
-
qarzga 
olingan 
mablag’larni 
qaytarolmaslik xavfi va boshqalar. 
Siyosiy, 
iqtisodiy 
va 
ijtimoiy 
harakterdagi tavakkalchilik 
-
milliy 
mojarolar, 
harbiy 
to’qnashuvlar, g’alayonlar, terrorizm 
xavfi; 
-
ish 
tashlashlar, 
korruptsiya 
va 
jinoyatchilik xavfi; 
-
kutilmaganda soliq, bojxona va 
boshqa 
me’yoriy 
qonunchilik 
xujjatlarining o’zgarishi; 
-
iqtisodiy 
beqarorlik 
va 
o’sish 
sur’atlarining pasayishi; 
-
eksport 
va 
import 
tartibini 
murakkablashtirish xavfi. 
Tashqi omillarga bog’liq bo’magan tavakkalchilik ko’pincha quyidagi 
sabablarga ko’ra vujudga kelishi mumkin: 
-
boshqaruv xodimlarining ishlab chiqaish, tijorat, moliyaviy va 
boshqa soxalarda notugri qarorlar qabul qilishi; 
-
xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo’yishdagi xatoliklar; 
-
xodimlarning o’z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan 
yondoshuvi; 
-
sub’ektni rivojlantirish strategiyasi va biznes rejasini noto’g’ri 
shakllantirish; 
-
o’zini qoplamaydigan va aniq xisob -kitoblar qilinmagan loyixalarga 
qo’l urish; 
- daromadlar va harajatlarni doimiy nazorat ostiga olmaslik; 
-
biznesdagi tashqi sheriklarni tanlashga mas’uliyatsizlik bilan 


118 
yondoshuv; 
-
buxgalteriya hisobini to’gri va aniq yuritmaslik; 
-
hisobot shakllarini to’gri va aniq to’ldirmaslik; 
- bozor kon’yukturasini, raqobat muxitini, talab va taklif nisbatini, 
iste’molchilarning xatti-harakatini va boshqa omillarni doimiy kuzatib 
bormaslik. 
Bunday tavakkalchiliklarning turlarini sub’ekt boshqaruvchilari doimiy 
ravishda kuzatib borishlari va ular natijasida yuzaga keladigan zararlarni pasaytirish 
tadbirlarini belgilab borishlari mumkin. 
Tashqi omillarning ta’siri natijasida yuzaga keladigan tavakkalchilik turlari 
sub’ekt boshqaruvchilari yoki xodimlarining hatti - harakatlariga bog’liq bo’lmay, 
ko’pincha favqulodda shart-sharoitlarning ta’sirida yuzaga keladi. 
Har qanday tadbirkorlik firmasi tavakkalchilik bilan bogliq faoliyat olib 
borar ekan, doimiy ravishda tavakkalchilik turlarini aniqlaydi, ma’qul bo’lgan 
chegarasini belgilaydi hamda uning keskin oqibatlaridan o’zini himoyalash 
yo’llarini qidiradi. Odatda, ishlab chiqaishda foyda darajasini aniqlashdagi 
xatoliklarga yo’l qo’ymaslik va shu jihatlarni yaxshilash maqsadida turli tuman 
tavakkalchilikka boradilar. Shunday sharoitda qaysi turdagi tavakkalchilikni 
tanlash, qaysi biri ko’proq samara berishi mumkinligini aniqlash ko’p jihatdan 
tavakkalchilik turlarining ilmiy asoslangan tavsifnomasini bilishni taqozo etadi. 
Sof tavakkalchilik salbiy (zarar, ziyon) yoki nol natijaga erishish ehtimolini 
bildiradi. Bunday turdagi tavakkalchilikka tabiat, ekologiya, siyosat, transport va 
kisman tijorat bilan bogliq tavakkalchiliklar kiradi. 
Chayqovchilik (spekulyativ) tavakkalchilik ham salbiy (zarar, ziyon), ham 
ijobiy natija (yutuk, foyda)ga erishish extimolini bildiradi. Bu turdagi 
tavakkalchilikka moliya bilan bog’liq bo’lgan ikki turdagi, ya’ni investitsiya va 
pulning sotib olish kobiliyati bilan bogliq bo’lgan tavakkalchiliklar kiradi. 
Tabiat bilan bo’glik tavakkalchilik turiga tabiiy ofatlar oqibatida extimol 
(tavakkal) qilinadigan zararlar kiradi. Masalan, yer qimirlashi, suv toshqini, dovul, 
epidemiya va boshqalar tufayli ko’rilgan zarar darajasi. 


119 
Ekologiya bilan bo’glik tavakkalchilik — bu atrof muhitning ifloslanishi 
oqibatida extimol (tavakkal) qilinadigan zarar yoki kushimcha. harajat. 
Siyosat bilan bogliq tavakkalchilik — bu siyosiy beqarorlik oqibatida extimol 
qilinadigan moddiy (moliyaviy) zararlar. Bu tavakkalchilik korxona faoliyatiga 
emas, balki mamlakatdagi ijtimoiy siyosiy barkarorlikka boglik. Bunga ommaviy 
tartibsizliklar, ish tashlashlar, galayonlar, embargoni joriy qilish, xukumatning 
oldingi shartnomalarini bajarishdan bosh tortishi kabi oqibatlar natijasida ko’rilishi 
tavakkal qilinadigan zararlar kiradi. 
Transport bilan bo’glik tavakkalchilik — bu avtomobil, temir yul, dengiz, 
xavo transportlarida yuklarni tashish jarayonida extimol (tavakkal) qilinadigan 
zararlardir. 
Tijorat bilan bo’glik tavakkalchilik — bu xujalik sub’ektlarining tadbirkorlik 
faoliyati oqibatida extimol (tavakkal) qilinadigan zararlardir. Bunday turdagi 
tavakkalchilik uz navbatida ishlab chiqaish, savdo va kisman moliya bilan bogliq 
bo’lgan tavakkalchiliklarga bo’linadi. 
Ishlab chiqarish bilan bo’glik tavakkalchilik — bu ishlab chiqarish 
jarayonining tuxtab kolishi yoki bir maromda ishlamayotganligi, texnologiyaning 
buzilishi, sifatsiz xom ashyo oqibati yoki xodimlarning sifatsiz ishlashlari evaziga 
extimol (tavakkal) qilinadigan zarar yoki qo’shimcha harajatlardir. 
Savdo bilan bog’liq tavakkalchilik — bu o’zaro to’lovlarning kechiktirilishi, 
shartnoma shartlarining bajarilmasligi oqibatida extimol (tavakkal) qilinadigan 
zarar yoki olinmaydigan daromad. 
Moliya bilan bog’liq tavakkalchilik — bu extimol qilinadigan moliyaviy 
zararlar bo’lib, u o’z navbatida investitsiya va pulning sotib olish qobiliyati bilan, 
shuningdek, inflyatsiya va valyuta bilan bogliq bo’ldiagan tavakkalchilik turlariga 
bo’linadi. 
Inflyatsiya bilan bog’lik tavakkalchilik — bu olingan daromadlarning qadri 
yuqori inflyatsiya oqibatida tezroq qadrsizlanishini bildiradi. 
Valyuta bilan bo’glik tavakkalchilik — bu chet el valyutasi ko’rsining 
uzgarishi oqibatida ko’riladigan katta zararni bildiradi. Bu tavakkalchilik eksport-


120 
import operatsiyalarini, shuningdek, valyuta operatsiyalarini baholashda uta 
zarurdir. 
Tizimli tavakkalchilik — u yoki bu bozorda konyunkturaning yomonlashishi 
yoki tushib ketishi oqibatida extimol qilinadigan zarar. Bu tavakkalchilik 
investitsiyani aniq bir ob’ektga emas, balki muayyan bozor (masalan, valyuta 
bozori, ko’chmas mulk bozori va boshqalar) uchun barcha qo’yilgan mablag’ 
bo’yicha tavakkalchilikni ifodalaydi. Bunda investor katta zarar yetkazmasdan 
turib uz mablagini qaytara olmaydi. 
Tizimli tavakkalchilik usulida investitsiyani qaysi bir aktivga (aytaylik, 
qimmatli qog’ozlargami yoki ko’chmas mulkka) tavakkal qilib sarflash maqsadga 
muvofiqligi aniqlanadi. 
Selektiv tavakkalchilnk — u yoki bu bozorda investitsiya ob’ektini noto’gri 
tanlab olinishi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar yoki boy berilgan naf. 
Masalan, qimmatli qogozlar portfelini shakllantirishda fond birjasidagi qimmatli 
qogozlarni noto’gri tanlash oqibatida ko’riladigan zarar shunday tavakkal turiga 
kiradi. 
Kredit tavakkalchiligi — qarz olgan tomonning o’z majburiyatlarini to’lay 
olmaslik xavfi. Bank yaxshi foyda ko’rishi uchun kreditlash xavfini kamaytirishi 
shart. Bank hamisha qarzning uz vaqgida va foiz bilan qaytib kelishi qay darajada 
mumkinligini nazarda tutib tavakkalga boradi. Bunday tavakkalchilikka kreditni 
tulash muddatini kechiktirish yoki obligatsiyalarga to’lashni «muzlatib» qo’yish 
misol bo’ladi. 
Regional tavakkalchilik muayyan regionlarning iqtisodiy holati bilan 
bog’langan bo’lib, u: 
-mazko’r regionning asosiy mahsulotiga (masalan, respublikamizda paxtaga) 
bo’lgan kon’yunktura narxining pasayishi oqibatida ko’rilishi mumkin bo’lgan 
zarar xavfi; 
-iqtisodiy yoki siyosiy mustaqillikka erishish oqibatida ko’rilishi mumkin 
bo’lgan zarar xavfi; 
-ishlab chiqaishning keskin tushib ketishi yoki ishsizlik darajasining oshishi 


121 
oqibatida ko’rilishi extimol qilinadigan zarar xavfini ifodalaydi. 
Tarmoq bilan bo’gliq tavakkalchilik ayrim tarmoq iqtisodiyoti bilan bog’liqdir 
va u ikkita omil ta’siri ostida bo’ladi: tarmoqdagi siklik beqarorlik; tarmoq ishlab 
chiqaishining hayotiy bosqichlari. Ya’ni kirish, o’sish, yetilish, to’yinish, 
tushkunlik davriga qarab turib tadbirkorlik faoliyati yoki investitsiya 
tavakkalchiligi turlicha darajada bo’ladi. 
Korxona tavakkalchnligi investitsiya ob’ekti bo’lgan aniq korxona faoliyati 
bilan bog’liq. Garchi bu tavakkalchilik tarmoq va regional tavakkalchiliklar ta’siri 
ostida bo’lsada, undagi tavakkalchilik darajasi korxonaning bozordagi mavqei, 
doimiy mijozlar (iste’molchilar)ning bo’lishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 
sifati va boshqalarga bog’liq. Korxona faoliyatidagi tavakkalchilik quyidagi 
ko’rinishlarda bo’ladi: 
-ishlab chiqarilgan mahsulotni iste’molchi tomonidan talab kilib olinmasligi 
oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar; 
-xo’jalik shartnomalarini bajarmaslik oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar; 
-raqobatning kuchayishi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar; 
-bozor kon’yunkturasining o’zgarishi oqibatida ko’riladigan tavakkal 
zarar; 
-ko’zda tutilmagan harajatlarning vujudga kelishi va daromadning kamayishi 
oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar; 
-korxona mablag’ining talafoti tufayli ko’riladigan tavakkal zarar. 
Investitsiya tavakkalchilign deganda yangi tovar yoki xizmat, yangi 
texnologiyani ishlab chiqish va joriy qilish uchun sarflangan harajatlarning 
qoplanmasligi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar tushuniladi 
Tavakkal kapital — bu fan texnika yangiliklarini joriy etib, yangi 
texnologiyani o’zlashtirib, bozor rakobatiga bardosh beradigan yangi tovarlarni 
ishlab chiqarish uchun tavakkaliga qo’yiladigan (sarflanadigan) kapital. 
Tavakkal kapital egasi ma’lum iqtisodiy xavfni uz zimmasiga oladi, chunki 
yangi ishga solingan kapitalning naqadar foyda berishi yoki bermasligi oldindan 
aniq ma’lum bo’lmaydi. Lekin kapital tusmollanib, ko’r ko’rona qo’yilmaydi, balki 


122 
u yangilikka bo’ladigan talabni, bozorning umumiy xolatini hisobga oladi, biznes 
soxasida maslaxat beruvchi firmalar xizmatidan foydalanadi. Tavakkal kapitalni 
odatda mayda biznes vakillari yoki ularga aloqador yirik firmalar qo’yadi. 
Tavakkal kapital fan texnika yutuklarini ishlab chiqaishga joriy etishda katta rol 
uynaydi. 
Investitsiya ob’ekti bo’lishi u yoki bu tovarni sotish jarayonida uning sifatini 
baholashdagi o’zgarish oqibatida ko’zlangan zarar xavfi investitsiya ob’ekti 
(qimmatli qogozlar, qimmatbaho nodir metallar, ko’chmas mulk va hakazo)ni 
tugatilish kapitali deb ataladi. 
Tavakkalchilikdagi xavf darajasini aniqlash, uning oldini olish yo’llarini 
izlab topish va oqibatida yuz berishi mumkin bo’lgan zararlarni pasaytirish 
bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga oid faoliyatni 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin