Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

 
 
 
 
 
 


128 
VIII BOB. KORXONA VA MAHSULOT TAVSIFI 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
korxona tavsifi

biznes faoliyati tavsifi, mahsulot 
tavsifi, mahsulotning afzalliklari va ustunligi, raqobat ustunligi.
 
 
8.1. Korxona tavsifi 
Har qanday tadbirkorlik loyihasining yoki biznes rejaning birinchi bo’limi
biznes sohasini tavsiflashdan boshlanadi. Biznes sohasi avvalo mamlakat hududini 
va tarmoqni aniq bayon etishdan boshlanadi. Bu bo’lim bilan boliq ma’lumotlar 
asosida potentsial investor ushbu loyihaning mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy va 
xo’jalik munosabatlari tizimiga muvofiq kelishi, hududning investitsion 
jozibadorligi hamda biznes sohasining istiqbolligi haqidagi aniq tasavvurga ega 
bo’ladi. 
Tanlangan tarmoq va biznes sohasi bo’yicha faoliyatni amalga oshirish 
qarori avvalo tadbirkor uchun muhimdir. Biznes faoliyat amalga oshiriladigan 
mazkur soha jiddiy iqtisodiy muammolar keltirmasligiga tadbirkor ishonch hosil 
qilishi zarur. Tanlangan tarmoqdagi rivojlanish tendentsiyalarini to’liq hisobga 
olmaslik tadbirkorlik loyihasini samarali amalga oshirish imkoniyatlarini 
cheklaydi. 
Biznes sohasi tegishli bo’lgan tarmoqning mamlakat iqtisodiyoti va mehnat 
taqsimotidagi o’rnini, uning eks’ort salohiyati, boshqa tarmoqlar bilan ishlab 
chiqarish hamda texnik aloqalariga tegishli ma’lumotlarni bilish ham tadbirkor 
uchun foydali hisoblanadi. 
Tarmoqning joriy holati hamda rivojlanish istiqbollari tahlili quyidagi 
tavsiflarni ham o’z ichiga oladi: 

tarmoqning xom-ashyo manbai; 

korxonaning bozor sig’imi va bozordagi o’rni; 

potentsial mijozlar va ularning imkoniyatlari; 

ishlab chiqarishning hududiy tuzilmasi; 

asosiy fondlar va ularning tuzilmasi; 


129 

investitsion shart-sharoitlar. 
Biznes sohasining investitsion jozibadorligi tahlili 3 bosqichdan iborat: 
1.
Tanlangan tarmoqning rivojlanish bosqichlarini aniqlash; 
2.
Tarmoqning raqobatbardoshligini o’rganish; 
3.
Tarmoqning investitsion jozibadorligini belgilovchi omillarni o’rganish. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin