8.2 – chizma. Biznesning asosiy shakllarini qisqacha tavsifi.
Biznesda yutuqga erishish uchun o’z faoliyatiga muvofiq keluvchi,
imkoniyatlarini ishga soluvchi bozorni hususan, raqobatchilar tomonidan yetarli
foydalanilmagan yoki e’tibor qaratilmagan, butun faoliyatining quyilish nuqtasi
hisoblangan “Bozor uyasi” ni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu “uya”
tanlangan iste’molchilarga qaratiladi. “Bozor uya” si – bu, mavjud va tan olingan
talablar va jamiyatning to’liq tan olinmagan muammolarini hal etish va
qondirishning noan’anaviy usullari bilan o’zaro muvofiqlashtirishdir.
Korxona
joylashgan
hududning
geografik
va
iqtisodiy,
tarixiy
ma’lumotlaridan tashqari ustav kapitalining miqdori, kapitalning ta’sischilar
orasida taqsimlanishi bilan birgalikda quyidagilarni ham havola etish maqsadga
muvofiq hisoblanadi:
1.
Soliq to’lovchining identifikatsion raqami;
2.
Korxonaning to’liq nomi;
3.
Korxona ro’yhatga olingan sana va guvohnoma raqami;
4.
Korxonaning manzili, telefon raqami va faks;
5.
Korxona bo’ysinuvchi tashkilot;
6.
Korxonaning asosiy faoliyat turi;
7.
Korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli;
131
8.
Korxonaning mulkchilik shakli;
9.
O’zbekiston Respublikasining yagona Davlat reg’estriga kiritilganligi
to’g’risidagi ma’lumotnoma;
10.
Bank rekvizitlari;
11.
Korxonani nazorat qiladigan soliq ins’ektsiyasining manzili;
12.
Korxonaning tashkiliy strukturasi;
13.
Korxona rahbarlarining familiyasi va ismi, telefon raqamlari;
14.
Korxona faoliyati natijalariga ma’sul menejerlar tavsifi.
Zaruriy ma’lumotlar quyidagi tartibda jamlanadi:
1.
1, 2, 4, 6, 7, 8-punktlar korxonaning ta’sis hujjatlari asosida to’ldiriladi.
2.
3-punkt korxonani ro’yhatdan o’tkazgan mahalliy Davlat organlari tomonidan
berilgan guvohnoma asosida to’ldiriladi.
3.
9-punkt Moliya Vazirligi tomonidan yagona Davlat reg’estriga kiritilganligi
haqidagi ma’lumotnoma asosida to’ldiriladi.
4.
10-punktda korxonaning bankdagi hisob raqami hamda korxonaga xizmat
ko’rsatuvchi bank manzili keltiriladi.
5.
12-punkt chizma ko’rinishida havola etiladi.
6.
13-punktda korxonaning barcha rahbarlari to’g’risida to’liq ma’lumotnoma
havola etiladi.
Bunda quyidagilarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
familiya va ismi;
telefon raqami va faksi;
yoshi;
ma’lumoti va tajribasi (bazaviy ma’lumot haqida dip’lom havola etgan
oliygoh nomi ko’rsatilishi shart);
avvalgi ish joylaridagi lavozimi hamda ishlagan davri;
mazkur korxonada ishlash davri.
Amaliyotda faoliyat yuritayotgan ko’pchilik korxonalarda biznes rejaning bu
bo’limi qo’yidagi savollardan javob berishdan boshlanadi:
132
Biznesning qanday turi bilan shug’ullanasiz. Qanday faoliyat turi bilan
bog’langan (savdo, sanoat, xizmat ko’rsatish) qanday tovarlar ishlab chiqarasiz,
xizmatlar ko’rsatasiz?
1.
Firma qanday holatda? (Tashkil bo’lish bosqichidami, amaldagi korxonaning
kengayishi, boshqa firma tomonidan qo’shib olinishi yoki ajrab chiqishi).
2.
Firmaning huquqiy statusi (mavqyi) - yakka xokimlik, xamkorlik korporatsiya?
3.
Nima uchun boshlangan ish yuqori foyda keltiradi deb hisoblanadi (ya’ni
istiqbolga ega).
4.
Firma qachon faoliyatini boshlaydi?
5.
Faoliyatingiz mavsumiy xarakterga egami? Agar ega bo’lsa, ish vaqti qanday
belgilanadi?
Agar yangi firma tuzilayotgan bo’lsa ushbu bo’lim yana quyidagi
masalalarni ham ko’rib o’tishi lozim.
1.
Nima uchun korxonangizning muvaffaqiyatiga ishonchingiz komil.
2.
Tadbirkorlik faoliyatida tajribaga egamisiz. Tajribangiz yo’qligi - tijorat
muvaffaqiyatsizligining asosiy sabablaridan biridir. SHu sababdan shaxsiy ish
boshlashdan avval, biron bir firmada ishlab tajriba ortirish maqsadga
muvofiqdir.
3.
Biznesning
ushbu
turi
bilan
shug’ullanuvchi
kishilar
bilan
maslahatlashganmisiz.
4.
Sizning korxonangizning o’ziga xos bo’lgan afzallik tomoni nimada?
Korxonalarning birlashuvchi yoki qo’shib olinishi sharoitida ushbu bo’limga
qo’shiladigan firma haqida qisqacha ma’lumot berilishi va quyidagi savollarga
javob berilishi lozim.
1.
Firma qachon va kim tomonidan tashkil topgan?
2.
Nima uchun firma egasi uni sotmoqchi?
3.
Narx borasida kelishuvga qanday erishdingiz?
4.
Sotuv xajmi dinamikasi qanday?
133
5.
Xo’jalik ko’rsatkichlari yomonlashayotgan bo’lsa, uning tabiati qanday? 4,5
savollarga javoblar foyda va zararlar to’g’risidagi ma’lumotlar bilan, soliq
deklaratsiyalari bilan asoslanishi kerak.
6.
Vaziyatni yaxshilash uchun boshqarishda qanday o’zgarishlar qilinishi kerak?
Yakuniy bosqichda, firmaning umumiy qiymatini hisoblashda quyidagilarni
e’tiborga olish zarur:
1) tovar - material qiymatliklarini yoshi va qiymati;
2) debitorlik qarzlarini to’lash muddati.
3) asosiy ishlab chiqarish foizlari yoshi va holati.
4) qarzlarning mavjudligi.
1.2. Firmaning kushilishi va ajralishi sharoitida.
Bunday sharoitda bo’limga siz birga ishlamoqchi bo’lgan firmaning
xarakteristikasi ham kiritilishi lozim va quyidagi savollarga javob beradilar:
1.
Firma qachon, kim tomonidan tashkil etilgan?
2.
Nima uchun firma egasi uni sotmoqchi?
3.
Baxo masalasini qanday yo’l bilan xil qildingiz?
4.
Sotuv xajmi dinamikasi qanday?
5.
Agar xo’jalik ko’rsatkichlari yomonlashayotganligi kuzatilsa ularning xarakteri
(tabiati) qanday? 4,5 savollarga javoblar foyda va zararlar to’g’risidagi
ma’lumotlar bilan, soliq deklaratsiyalari bilan asoslanishi kerak.
6.
Vaziyatni yaxshilash uchun firmani boshqarish jarayoniga qanday o’zgarishlar
qilinishi lozim?
Firmaning umumiy qiymatini hisoblashda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:
1) tovar - material qiymatlarining qiymati va yoshi;
2) debitorlik qarzlarini to’langan muddatlari.
3) asosiy foizlarining yoshi va holati.
4) qarzlar (agar bo’lsa ularni qabul qilasizmi?).
2. Sizning mahsulotingiz yoki xizmat turi.
134
Bu yerda ishlab chiqarish ko’zda tutilayotgan mahsulot haqida ma’lumot
beriladi, chunki hech kim to’g’ridan to’g’ri har bir mahsulotni ishlab chiqish uchun
mablag’ bermaydi. Bu yerda shu o’z mahsulotingizni xaridorgir ekanligini, uning
zaruriy, foyda keltiruvchi mahsulot ekanligini uning xususiyatlarini isbotlab,
investorlarnigiz mablag’ini aniq maqsadga sarflayotganligiga ishontira olishingiz
lozim.
Buning uchun sizdan o’rta aniqlik va quyidagi savollarga javob berishingiz
talab etiladi:
Sizning mahsulotingiz (xizmatingiz) qanday extiyojlarni qondirishga qaratilgan.
Qanday o’ziga xos xususiyati nimada va nima uchun isteomolchilar uchun
tashlashadi?
Sizning mahsulotingiz yoki texnologiyangiz qanday patent va avtorlik
guvoxnomalari bilan ximoyalangan.
Siz ishlab chiqarayotgan mahsulotni ko’rinishi xaridorlarni jalb qilishning
muhim shartidir. SHuning uchun biznes rejada albatta tovarning surati berilishi
maqsadga muvofiqdir. SHu o’rinda tovarning bahosini va unga sarflanadigan
xarajatlar qiymatini ko’rsatish zarurdir. CHunki bu narsa foyda miqdorini
aniqlashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |