11.2. Ishlab chiqarish quvvatini rejalashtirish tartibi Ishlab chiqarish quvvatini rejalashtirish uchun quyidagi ma’lumotlar zarur:
1. Mahsulot nomenklaturasi va miqdori;
2. Yil davomidagi o’zgarishlarni e’tiborga olgan holdagi jihozlar soni;
3. Ishlab chiqarish maydoni borasidagi ma’lumot, chunki ba’zi ishlar hajmi
ish o’rinlari joylashgan maydonga asosan hisoblanadi;
4. Jihozlar unumdorligining ilor texnik asoslangan me’yorlari a) mahsulot
birligini ishlab chiqarish normasi b) jihozning unumdorligi;
5. Korxona ish tartibi. Ish tartibi uzlukli va uzluksiz bo’ladi. Jihozlarning
to’xtab ishga tushirilishi uzoq vaqt talab qiladigan va resurslarning ortiqcha
sarfiga olib keladigan korxonalarda uzluksiz ish tartibi qo’llaniladi. Masalan,
metallurgiya, kimyoviy korxonalar.
6.Jihoz ish vaqti fondi: kalendar, nominal (rejim) va samarali.
Kalendar fond-kalendar kunlar va sutkadagi soatlarga ko’paytirish orqali
aniqlanadi.
Nominal fond-korxonada o’rnatilgan ish smenasi davomiyligi va smenalar
soniga asosan belgilanadi.
189
bu yerda:
D k – yildagi kalendar kunlar soni.
D d – dam olish va bayram kunlari soni.
T sm – smena davomiyligi.
S – smenalar soni.
Samarali ish vaqti fondi jihozda mahsulot ishlab chiqariladigan vaqtdan
tashkil to’adi.
bu yerda:
– rejalashtirilgan to’xtashlar foizi;
– 3,5% (1 smenali ishlab chiqarish uchun),
6% (2,3 smenali ishlab chiqarish uchun).
Ishlab chiqarish quvvatini hisoblashning 3 xil shaklidan foydalaniladi:
1. Uzlukli ish tartibidagi,stanok tartibidagi agregatlar quvvati hisobi;
2. Uzluksiz ishlaydigan agregatlar quvvati hisobi;
3. Maydonning o’tkazuvchanlik qobiliyatining hisobi.
Stanoklar ishlab chiqarish quvvatini hisoblash uchun quyidagi ma’lumotlar
zarur: stanoklar soni; rejadagi ish vaqti fondi; normani bajarish koeffitsienti;
mahsulot birligi uchun stanok vaqti normasi yoki bir stanok soat uchun ishlab
chiqarish normasi. Ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish unumdorligi va mehnat
siimi bo’yicha hisoblanadi.
–
mehnat sig’imi bo’yicha: