187
Asosiy sexlar quvvati asosiy mahsulot va yarim fabrikatlar ishlab chiqarish
bilan band bo’lgan jihozlar bo’yicha amalga oshiriladi.
Yordamchi va xizmat ko’rsatish sexlari quvvati asosiy sexlarga
ko’rsatilayotgan xizmatlar hajmi belgilanadi.
Korxona ishlab chiqarish quvvati hisobi tarmoqdagi ilor texnologiyalarga, jihoz
ish vaqti va quvvatidan to’liq foydalanishini e’tiborga
olgan holda amalga
oshiriladi. Jihozlarning unumdorligi normalari ularning texnik xarakteristikalari
bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish quvvatini to’g’ri rejalashtirish nafaqat
resurslardan samarali foydalanish uchungina emas,
balki ishlab chiqarishni
barqarorlashtirish va bozorni zaruriy tovarlar bilan to’ldirishda ham muhim
ahamiyatga ega.
Ishlab chiqarish quvvati o’z mohiyati jihatidan korxonaning yillik taklifi
hajmi, amaldagi narxlar darajasi va o’zgarish hamda boshqa omillarni belgilaydi.
Ishlab chiqarish quvvati va taklif korxonadagi mavjud texnologiya hamda ishlab
chiqarishni tashkil etish, xodimlar tarkibi va malakasi, ularni o’sish dinamikasi va
rivojlanish istiqbollarini xarakterlaydi.
Talabning taklifdan ustunligi sharoitida loyihalarda
ishlab chiqarish
quvvatini oshirishni rejalashtirish zarur. O’zgaruvchan kattalik bo’lib, hisoblangan
ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish dasturi bilan mutanosiblikda bo’lishi ya’ni
talab va taklif bir biriga teng kuchli bo’lishi lozim.
Ishlab chiqarish quvvatini hisoblashda faqat texnologik jihatdan ko’zda
tutilgan yo’qotishlar e’tiborga olinadi. Tashkiliy texnik sabablarga ko’ra
yuzaga
kelgan yo’qotishlar hisobga olinmaydi.
E’tiborga olish vaqtida asosan ishlab chiqarish quvvatining 3 turi ajratiladi:
boshlanich, chiqish, o’rtacha yillik.
Ishlab chiqarish quvvati rejalashtirilayotgan yil boshiga yoki boshlang’ich va
yil oxiriga yoki chiqib ketuvchi o’rnatiladi. Boshlang’ich quvvat yil boshiga
mavjud ishlab chiqarish fondlari, ishchi kuchi va boshqa resurslarni e’tiborga
olgan holda aniqlanadi. CHiqib ketadigan - yil oxiriga texnika va texnologiyadagi
o’zgarishlarni hisobga olgan holda korrektirovka qilish asosida aniqlanadi.
188
Rejaviy hisob-kitoblarda o’rtacha yillik quvvat ko’rsatkichi qo’llaniladi.
Ushbu ko’rsatkich quyidagi formuladan hisoblanadi:
Q
o’r
= Q
bosh
+ (Q
kir
.
T
d
)/12 - (Q
chiq
.
T
d
)/12
bu yerda: Q
bosh
- boshlang’ich quvvat, dona (so’m),
Q
kir
- kiritiladigan quvvat, dona (so’m),
T
d
- mos ravishda quvvatlarni kiritish yoki chiqarish davri,
Q
chiq
- chiqib ketadigan quvvat, dona (so’m).
Ishlab chiqarish quvvatini hisoblashda faqat texnologik jihatdan ko’zda
tutilgan yo’qotishlar e’tiborga olinadi. Tashkiliy texnik sabablarga ko’ra yuzaga
kelgan yo’qotishlar hisobga olinmaydi.
Dostları ilə paylaş: