TM=T ay +YA f +I san +T ish +E q bu yerda:
T ay – tayyor mahsulot qiymati;
YA f – sotishga mo’ljallangan yarim fabrikatlar qiymati;
I san – buyurtma asosida bajarilgan sanoat xarakteridagi ishlar qiymati;
T ish – ta’mirlash ishlari qiymati;
E q – ehtiyot qismlar qiymati.
Tovar mahsulot amaldagi ulgurji baholarda rejalashtiriladi.
Yalpi mahsulot tayyor bo’lish darajasiga boliq bo’lmagan holda ishlab
chiqarilgan jami mahsulot hajmidir. Yalpi mahsulot quyidagi formula orqali
aniqlanishi mumkin.
YAM=TM+(N yo -N yb ) bu yerda:
N yo – yil oxiridagi tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’i;
N yb – yil boshidagi tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’i.
Tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’i buxgalteriya hisobi yoki
enventarizatsiya ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan
ham foydalanish mumkin:
TICH=V s *T s *T m * K o’ Bu yerda:
V s – o’rtacha sutkalik ishlab chiqarish hajmi, natural ifodada;
T s – ishlab chiqarish sikli davomiyligi, kun;
T m – mahsulot birligi tannarxi, so’m;
K o’ – xarajatlarning o’zgarishi koeffitsienti (0,65-0,75).
Yetkazib berish shartnomalar asosida hisoblanadigan va korxona faoliyati
samaradorligini belgilab beradigan “sotilgan mahsulot hajmi” ko’rsatkichiga
e’tibor qaratiladi. Sotilgan mahsulot hajmi quyidagi formula asosida aniqlanadi: