Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


 Ishlab chiqarish dasturini rejalashtirish



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

10.2. Ishlab chiqarish dasturini rejalashtirish 
 
Ishlab chiqarish dasturi biznes rejaning eng asosiy bo’limlaridan biri 
hisoblanadi. Ishlab chiqarish dasturini bilmay turib korxonaning moddiy-texnik 
ta’minoti rejasini tuzib bo’lmaydi, jamoaning mehnat natijasi bo’lgan 
daromadlarini aniqlash mumkin emas. Masalan, zaruriy materiallar, yoqili, jihoz, 
ishchi kuchi miqdorini aniqlash uchun qaysi turdagi mahsulotni qanday hajmda va 
sifatda ishlab chiqarilishi borasida ma’lumotga ega bo’lish lozim. 
Ishlab chiqarish dasturi - turli ehtiyojlarni qondirishga yo’naltirilgan 
mahsulotlar nomenklaturasi, assortimenti, sifati va miqdorini ifodalovchi reja 
ko’rsatkichlari tizimidir.
Korxonaning ishlab chiqarish dasturi talab va taklif kabi tushunchalar bilan 
bevosita boliqdir. Talab xaridorning ma’lum vaqt oraliida bozor taklif etgan 
baholarda sotib olishga tayyor tovar miqdorini ifodalaydi. Taklif esa ma’lum vaqt 
oraliida ishlab chiqarib bozor baholarida sotishni istaydigan mahsulotni belgilaydi. 
Talab va taklifning o’zaro ta’siri ularning koordinatsiyalashuvi raqobat va baho 
(narx) mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Ushbu o’zaro ta’sir talab va taklif 
o’zaro tenglashadigan narxni shakllantirishga olib keladi. Shu sababdan ishlab 
chiqarish dasturini tuzish talab va taklif qonuniga, shuningdek, korxonaning 
xo’jalik faoliyati bo’yicha erishilgan natijalariga asoslanishi lozim.
Ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirish imkoniyatlarini izlab to’ish; ishlab chiqarishni samarali tashkil etish 
orqali; turli sabablarga ko’ra yuzaga keladigan to’xtashlarni kamaytirish; asosiy 
vositalar aktiv qismidan vaqt va unumdorlik bo’yicha foydalanishni yaxshilash; 
moddiy va energetik resurslar sarfini qisqartirish; boshqarish va rejalashtirishni 
takomillashtirish hisobiga mehnat unumdorligini oshirish zarur. 
Turli tarmoq korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish xarakteri va ishlab 
chiqarish jarayonini tashkil etish xususiyatlaridan kelib chiqib ishlab chiqarish 
dasturini tuzishga turlicha yondashiladi. Yakka tartibli va kichik seriyali ishlab 
chiqarishda ishlab chiqish dasturi mahsulotni iste’molchiga to’shirishning 


175 
tasdiqlangan muddatlariga muvofiq tuzilgan grafik asosida ishlab chiqiladi. 
Buyumlarni jarayonga kiritish chiqarish kalendar grafigi texnologik jarayon 
yakunidan boshlash, ish turlari bo’yicha (yig’ish, sinash, mexanik ishlov berish) 
ishlab chiqarish sikli davomiyligi asosida tuziladi.
Seriyali ishlab chiqarishda yil davomida ishlab chiqariladigan mahsulot 
hajmi ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida tugallanmagan ishlab 
chiqarish hajmi va nomenklatura o’zgarishlarini e’tiborga olgan holda 
rejalashtiriladi.
Ommaviy ishlab chiqarishda ishlab chiqarish dasturi korxona va barcha 
asosiy sexlar bo’yicha bir vaqtda tuziladi.
Ishlab chiqarish dasturida quyidagi ko’rsatkichlar rejalashtiriladi: 
1.
Mahsulot guruhlari bo’yicha qiymat ifodasidagi mahsulot ishlab 
chiqarish hajmi. 
2.
Mahsulot nomenklaturasi va assortimenti, ya’ni iste’molchilar bilan 
tuzilgan shartnomalarga asosan mahsulot sortlari, modellari bo’yicha turlari 
rejalashtiriladi. 
3.
Mahsulot ishlab chiqarish muddatlari. 
4.
Tashqi tashkilotlarga koperatsiya aloqalari asosida etkazib beriladigan 
yarim fabrikatlar (assortimenti va sifatini e’tiborga olgan holda) hajmi. Ushbu 
talablar asosiy sexlar bilan bir qatorda yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi sex va 
xizmatlarga ham tegishli. 
5.
Mahsulot sifat ko’rsatkichlarini rejalashtirish. 
Ishlab chiqarish dasturi bir yilga kvartallar va oylar bo’yicha taqsimlangan 
holda tuziladi. Yillik ishlab chiqarish rejasini kvartallarga taqsimlashda quyidagi 
tomonlarga asoslanadi: 
1.
Ish o’rinlarini ixtisoslashtirish va ishlab chiqarishni tashkil etish 
uslublarini takomillashtirish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida bir 
turdagi mahsulotlarni kvartallar bo’yicha konsentratsiyalash. 


176 
2.
4-kvartalda ishlab chiqarilayotgan mahsulotni reja yilining bir kvartalida 
ham ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va shu orqali ishlab chiqarishni tayyorlash 
xarajatlarini qisqartirish 
3.
Yangi jihozlarni kiritish kutilayotgan kvartalda mahsulot hajmining 
o’sishini rejalashtirish 
4.
Mahsulot ishlab chiqarish muddatini ularni yetkazib berish shartnomasida 
ko’rsatilgan muddatlar bilan uyunlashtirish 
5.
Kvartaldagi ish kunlarini e’tiborga olgan holda taqsimotni oshirish. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin