166
8.3.Marketingda kommunikatsiya.
Biznes rejani tuzuvchilar oldida mavjud kommunikatsiya
kanallarini tanlash
vazifasi turadi. Yaxlit holda kommunikatsiya kanallari ikki ko’rinishda bo’ladi:
shaxsiy kommunikatsiya kanallari va shaxsiy bo’lmagan kommunikatsiya
kanallari.
SHaxsiy kommunikatsiya kanallarida bevosita bir biri bilan muomalada
bo’luvchi ikki yoki undan ortik shaxslar ishtirok etishadi. SHaxsiy
kommunikatsiya kanallari ishtirokchilar uchun shaxsiy murojaat qilish va teskari
aloqalar o’rnatish imkonini berishi bilan samaralidir.SHaxsiy kommunikatsiya
kanallarini qo’shimcha tarzda tashviqot-targ’ibot, ekspert
baholash va ijtimoiy
maishiy kanallarga bo’lish mumkin.
Tashviqot-targ’ibot kanalida maqsadli bozorda xaridorlar bilan aloqada
bo’luvchi firmaning savdo personali xodimlari ishtirok etadilar.
Ekspert baholash kanalini zaruriy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan mustaqil
shaxslar tashkil etadilar.Ijtimoiy-maishiy kanalning bosh harakatlantiruvchi
shaxslari bo’lib, maqsadli xaridorlar bilan suhbatda bo’luvchi qo’shnilar,o’rtoqlar,
oila a’zolari va hamkasblar hisoblanadi. Bu kanal sifatida ma’lum qilinadi,
ko’pchilik tovar sohalarida bir muncha faolroq hisoblanadi.
Qiymati yuqori bo’lgan va yuqori tavakkalchilikka ega bo’lgan tovar
kategoriyalari bo’yicha xaridlarni amalga oshirishda shaxsiy ta’sir katta ahamiyat
kasb etadi. Avtomobil va yirik maishiy elektr asboblarini sotib oluvchilar
ommaviy
axborot vositalari manbalariga murojaat qilish
bilan cheklanib qolmasdan, balki
shu sohani biluvchi shaxslarning fikrlarini bilishga ham intiladilar. Birinchi
navbatda, ko’pchilikning nazariga tushadigan tovarlarga nisbatan, shaxsiy ta’sir
muhim o’rin tutadi.
SHaxsiy bo’lmagan kommunikatsiya kanallari - bu shaxsiy kontakt (o’zaro
aloqa) va kayta aloka mavjud bo’lmagan sharoitda murojaatni uzatuvchi
(yo’llovchi) axborotlarni tarqatish vositasidir. Reklama - ma’lum haq evaziga
goya, tovar yoki xizmatlarni ma’lum homiy nomidan ilgari surish, ommaviy
axborot vositasida taqdim etish shaklidir.
167
Reklama AQSH industriyasining eng katta tarmoqlaridan biridir. Amerika
firmalari o’z mahsulotlarini reklama qilishga mlrd. dollarlab mablag’ sarflashadi.
Reklama iste’molchiga qaratilgan va ularning iste’mol bozoridagi hatti- harakatlari
hakida bir karorga kelishlariga ta’sir qilishga da’vat etilganligi sababli reklama
takdim kiladigan xizmatlar bilan va uning tashkil etilishi bilan tanishish foydali
bo’ladi.
Reklama iste’molchilar va iqtisodchilar manfaatlariga xizmat qiladi, chunki u
iste’molchilarni tovar bozoridagi narxlar, so’nggi yangiliklardan xabardor kiladi.
Reklama ko’pincha narxlar pasayishiga olib keladi.
Reklama ommaviy bozorni
vujudga keltirib, mahsulot tannarxini pasaytirish imkonini beradi, bu esa ishlab
chiqaruvchilarga xarajatlarni kamaytirishda ko’maklashadi. Bu tejamdan
iste’molchi foydalanadi.
Reklama raqobatni rag’batlantiradi, bundan iste’molchilar va butun jamiyat
yutadi. Bir firma reklamasi orqali tarmoqdagi boshka
barcha korxonalar kamida
sifatning shu darajasiga intiladilar.
Reklamadan tushadigan daromad jurnallar va gazetalar xarajatlarning katta
qismini, tijorat radiosi va TVning butun qiymatini qoplaydi.Reklama iste’mol
talabini rag’batlantirib, umuman iqtisodiyotga foyda keltiradi.Reklamaning
jamiyatga ketiradigan zarari. Ko’p kishilar reklama jamiyatga fakat foyda keltiradi,
degan fikrda emaslar; Reklamaning kamchiliklaridan quyidagilarni ko’rsatib o’tish
mumkin yani, reklama ko’pincha notug’ri axborot berib, xaridorlarni
chalkashtiradi.Reklama katta moliyaviy xarajatlarni talab kiladi, bu esa tovarlar
narxini shiradi. Iste’molchilarda ularga uncha zarur bo’lmagan
tovarlarga pul
sarflash moyilligini keltirib chiqaradi. Ommaviy axborot vositalari reklama
beruvchilarga qaram bo’lib qoladi, bu esa ularning erkinligini cheklaydi.
Reklama strategiyasining keng tarqalgan turlari quyidagilardir: chaqirishlar
(da’vatlar), aql-idrokka murojaat va his-tuyg’uga murojaat.
Da’vatlar. Bu reklama ko’pincha ma’nosi kam yoki tamomila be’mano
dabdabali gaplardan foydalanadi: “Agar siz biror bosma mahsulot chiqarmoqchi
bo’lsangiz, “SHarq”ga murojaat qiling. “SHarq”-matbaachilar sardori!” Bu gap
168
hech kimni alday olmaydi, “SHarq” hech qanday sardor emas.
Lekin bunday
da’vatlar hadeb takrorlanaversa, xaridorlarga ta’sir qilmay qolmaydi, degan
mo’ljalga asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: