156
mumkin. Buning uchun esa ular tashqi bozorga chiqish uchun zarur bo’ladigan
tashkiliy, huquqiy ma’lumotlar bilan to’liq ta’minlanishi lozim.
Zaruriy ma’lumotlar strukturasi quyidagi ko’rinishga ega:
A.
Tashqi iqtisodiy aloqalarning tashkiliy ta’minoti.
1.
Korxonani registratsiya qilish tartibi;
2.
Valyuta hisobini ochish usuli va muddati, litsenziyalarni tashkil etish;
3.
Mulkni deklaratsiya qilish.
Б.
Umumiqtisodiy aloqalarning iqtisodiy ta’minoti.
Bunda quyidagilarni bilish talab etiladi:
1.
Tashqi bozorga chiqishda biznes faoliyat bo’yicha hisob olib borish
xususiyatlari;
2.
Barcha o’peratsiyalarni nazorat qilish xususiyatlari;
3.
Ta’riflar va ta’minot darajasi.
В.
Tashqi bozorga chiqishning bilvosita usullari.
Tashqi bozorga chiqishning bilvosita shakli – vositachi firma orqali eks’ort
qilish usuli.
Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
1.
Vositachi firmani aniqlash.
2.
Qo’shma korxonalarni tashkil etish imkoniyati.
Bu yerda qo’shma korxonalarni tashkil etish sharoitida foydani taqsimlash,
soliqqa tortish, hamda faoliyatni moliyalashtirish masalalari ham ko’rib chiqilish
zarurdir.
Shuningdek,
marketing rejasida reklama, tovar taqsimoti hamda sotish
hajmini prognoz qilish masalalari ham yoritiladi.
Ma’lumki, reklamaning maqsadi haqiqiy va potensial mijozlarning diqqatini
jalb qilishdan iborat bo’lib, u to’rt funksiyani bajaradi:
1.
Asosiy axborot uzatilguncha iste’molchini diqqatini jalb etish.
2.
Iste’molchini mahsulotga bo’lgan qiziqishini oshirish.
3.
Iste’molchini mahsulotni sotib olishga majbur qilish.
157
4.
Iste’molchida sotib olish haqida qaror qabul qilish ishtiyoqini uyotish.
Reklamani qo’llash quroli kundalik va haftalik gazetalar,
jurnallar, radio,
televidenie, reklama plakatlari, vitrinalar, bannerlar, tovar etiketkalari hisoblanadi.
Tovarni tarqatishda reklamadan tashqari jamoatchilik bilan aloqani kuchaytirish
ya’ni ularning ishonchini qozonish usuli ham qo’llanilishi mumkin. Jamoatchilik
bilan aloqa o’rnatishdan asosiy maqsad firma obro’sini oshirish, iste’molchilarning
ishonchiga kirishdir. Jamoatchilik bilan aloqalar o’rnatishning asosiy ko’rinishlari
bo’lib, mahsulot taqdimoti bo’yicha ko’rgazmalar
tashkil etish, homiylik qilish,
korxonaga ekskursiyalar tashkil etish kabilar hisoblanadi.
Sotish hajmini oshirishning yana bir turi tovarni bozorga harakati bo’yicha
maxsus yo’lini tanlashdir. Bunday harakatlarning maqsadi mahsulotga talabni
pasayishi davrida sotish hajmini oshirish yoki iste’molchilarni
bayram kunlarida
mahsulotni sotib olishga jalb qilishdir. Tovarni harakatlantirishni bir qancha
yo’llari mavjud bo’lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
1.
Narxlarni pasaytirish yoki xarajatlarning bir qismini qo’lash imkonini beruvchi
ku’onlardan foydalanish. Ku’onlar pochta orqali jo’natilishi, sotib olingan
mahsulotga qo’shib berish reklama jarayonida tarqatilishi mumkin.
2.
Mahsulotni bepul yetkazish va o’rnatib berish.
3.
Mahsulotni uyda namoyish etish.
4.
Ko’chalarda ko’rgazmalar
tashkil etish, konkurslar uyushtirish.
Tovarni bozoga kiritishdan avval bu tovar bozorda qanday qabul qilinishini
chuqur tahlil qilish lozim. Buning uchun tovarga xaridorlik nuqtai nazardan qarash
talab etiladi.
Tovarni tarqatish taktikasi (tovarni sotish taktikasi) ni yoritish hozir va
kelgusida qo’llash mumkin bo’ladigan sotish usullari, shaxsiy sotuv tarmoi savdo
vakillarini tanlash va ularni yoritishdan boshlanadi. Agar dallollar oraliq
bolovchilar bo’lsa, u holda ular qanday
va qachon ish boshlashlari, faoliyat
ko’rsatuvchi hududlar, ularning har birida ko’zda tutiladigan oylik hamda boshqa
davrdagi sotish hajmi ifodalanadi.
158
Agar shaxsiy sotish tarmog’ini tuzish ko’zda tutilgan bo’lsa, u holda uning
tarkibi, tuzilmasini ko’rsatish lozim. Bundan tashqari sotuvchilarga to’g’ri
keladigan sotuv hajmi va ularning ish haqi aniqlanadi. Shuningdek,
sotuv
bo’limining ish tarkibi va sotish xarajatlari smetasi tuziladi.
Sotish jarayonini prognozlashtirish marketing rejasining asosi bo’lib
hisoblanadi. Shu sababdan bunda baholarning haqiqiyligiga alohida e’tibor berish
lozim.
Sotuv hajmi prognozini quyidagi jadval asosida yoritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: