X BOB. ISHLAB CHIQARISH REJASI
Tayanch so’z va iboralar:
ishlab chiqarish rejasining mazmuni, reja
tarkibi, ishlab chiqarish dasturi, natural ifodadagi mahsulot hajmi, qiymat
ifodasidagi mahsulot hajmi, mehnat sarfi o’lchovidagi mahsulot hajmi, resurslar
sarfi, jihozlar soni, jixozlar orasidagi mutanosiblik.
10.1. Ishlab chiqarish rejasining mazmuni, tarkibi, vazifasi
1.
Ishlab chiqarish rejasining mazmuni va tarkibi.
Ishlab chiqarish rejasi korxona faoliyatining asosiy ishlab chiqarish
ko’rsatkichlarini aniqlashtirish va bajarilishini nazorat qilishni ko’zda tutadi.Ushbu
rejaning asosiy vazifasi bo’lib korxonaning real imkoniyatlarini asoslash
hisoblanadi. Ishlab chiqarish rejasining mohiyatini mahsulot ishlab chiqarish va
sotishni rejalashtirish, korxona yillik rejasining asosiy ko’rsatkichlarini ishlab
chiqish va bajarish jarayonini bayon etish tashkil etadi.U quyidagilarni ko’zda
tutadi:
asoslangan mahsulot, ishlar, xizmatlar ishlab chiqarish hajmlari va muddatlari;
korxona, sex va uchastkalar, ishlab chiqarish quvvatlarining hisobi. Ushbu
hisoblar ishlab chiqarish quvvatlarining yillik ishlab chiqarish hajmiga mos
kelishi, talab va taklifning mutanosibligini tasdiqlashi lozim.
korxona va uning bo’linmalari yillik ishlab chiqarish rejalarini bajarish uchun
resurslarga ehtiyojni aniqlash, yarim fabrikatlar va
komplektlovchi mahsulotlar balansini hisoblash;
rejalashtirilayotgan ishlarni asosiy sexlar – bozor buyurtmalarini bajaruvchilar,
tayyorlash muddatlari va bozorga etkazish muddatlari bo’yicha taqsimlash;
rejalashtirilgan ko’rsatkichlarga erishish vositalari va usullarini tanlash,
tugallanmagan ishlab chiqarish hajmlari, texnologik jihozlar va ishlab chiqarish
quvvatlari ta’minlanish koeffitsientlarini hisoblash;
rejalashtirilgan tovarlar, xizmatlar, ishlarni ishlab chiqarishni tashkil etish
rejalarini bajarilishini nazorat qilish usul va shakllarini asoslash.
173
Yuqoridagilardan ko’rinadiki mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirish
belgilangan strategiya va qo’yilgan vazifalarga korxonada mavjud bo’lgan texnik,
tashkiliy va boshqa imkoniyatlardan to’liq foydalanish asosida erishishga
yo’naltirilgan iqtisodiy resurslar kompleksi va ichki omillarning o’zaro ta’sir
tizimini ko’zda tutadi.
Buning uchun ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatining muhim
yo’nalishlarini tanlash va asoslash, tovarlarni ishlab chiqarish va sotish hajmlarini
o’rnatish, iqtisodiy resurslarga talabni hisoblash zarur. O’z navbatida bular ishlab
chiqarish dasturi va ishlab chiqarish quvvati o’rtasida mutanosiblikni ta’minlash,
ishlar va xizmatlarni bajarish hajmlari va muddatlarini aniqlashtirish, ishlab
chiqarish faoliyatini Operativ yo’naltirish va boshlanich reja ko’rsatkichlarini
korrektirovka qilishni ko’zda tutadi.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasida yoritiladigan masalalardan yana
biri ishlab chiqarish jarayoni bayoni hisoblanadi. Rejada ishlab chiqarish shakli
(ommaviy, seriyali, yakka tartibli), uni tashkil etish uslublari, ishlab chiqarish
texnologik zanjiri, ishlab chiqarish sikli tuzilmasi keltiriladi.
Agar ishlab chiqarish jarayonida ma’lum bir ishlarni subpudratchilar ya’ni
chetdan jalb qilinadigan ishlab chiqaruvchilar ishtirok etadigan bo’lsa buni biznes
rejada alohida qayd etish lozim. Koperatsiya to’g’risidagi qarorning asoslanishi
hamda subpudratchi tomonidan etkazib beriladigan qismlar va yarim fabrikatlarni
ishlab chiqarish xarajatlari, tashib keltirish, nazorat nuqtai nazaridan aniq
hamkorlarni tanlashni asoslash bayon etiladi.
Biznes rejada sub’udratchi firmalarni nomi, manzili, ular tomonidan
bajariladigan ishlar turi va shartlari ko’rsatiladi.
Bo’lim ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini hisoblash bilan
tugallanadi. Bo’limga ishlab chiqarilgan mahsulot kalkulyatsiyasi va ishlab
chiqarish harajatlari smetasining barcha moddalari bo’yicha hisoblar ilova qilinadi.
|