37
Bosqichlar
Bajariladigan ishlarning mazmuni
1 - bosqich
Lizing operatsiyalarini amalga tatbiq etishning boshlang‟ich
bosqichida lizing kompaniyasi umumiy tayyorgarlik ishlarini olib
boradi. Bungacha albatta, lizing kompaniyasi barcha hujjatlarni
huquqiy jihatdan tartibga keltiradi, chunonchi, lizing loyihasining
barcha xususiyatlari va shartnomalarini chuqur o‟rganib chiqish,
shular
jumlasidandir.
Mazkur bosqichda
lizing
olishga
imkoniyati bor lizing oluvchilarning buyurtmalari ko‟rib
chiqiladi hamda olgan kredit mablag‟larni o‟z vaqtida qaytara
olish
imkoniyatlari
to‟la tahlil qilinadi, texnika va
texnologiyalarni sotib olish uchun sarflanayotgan mablag‟larni
maqsadga muvofiqligi hamda ularni kelgusida foyda keltirishi
bilan bog‟liq hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Shuningdek bu
bosqichda
biznes-plan
tuzilib,
unda
bayon
etilayotgan
ma‟lumotlar to‟la tahlil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: