2 - bosqich Bu bosqichda yuqorida bayon etilgan barcha hujjatlar
rasmiylashtiriladi, ya‟ni ular amaldagi qonun va me‟yoriy
hujjatlar asosida tartibga keltiriladi. Bunda asosan zarurat
tug‟ilganda lizing to‟lovlarini kafolatlash, biror mulkni garovga
qo‟yish bo‟yicha shartnoma imzolash, shuningdek lizing
shartnomasi va lizing bo‟yicha Bosh shartnomani imzolash,
lizing ob‟ektlarini keltirish bilan bog‟liq; shartnomani imzolash,
lizing operatsiyalarini amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan
loyihalarni o‟z mablag‟lari yoki qarz mablag‟lar hisobiga
moliyalash, keltirilgan texnika va texnologiya hamda uskunalarni
ishlab chiqarishga joriy qilish bilan bog‟liq hujjatlarni
rasmiylashtirish, shuningdek lizing ob‟ektlariga texnik xizmat
ko‟rsatish hamda ularni sug‟urtalash kabi qator muomalalar
amalga oshiriladi.
3 - bosqich Bu bosqich lizing to‟lovlarini to‟lash, monitoring, ya‟ni lizing
ob‟ektlarini ishlatilishini hamda lizing to‟lovlarini vaqtida
to‟lashni nazorat qilish, lizing ob‟ektini lizing beruvchiga
qaytarish yoxud uni lizing oluvchiga berish hamda lizing
kompaniyasi tomonidan sarflangan qarzlarni qaytarish va
hokazolarni o‟z ichiga oladi.
6-topshiriq. Masalaning yechimini toping. Investitsiya xarajatlari oshishini korxona foydasiga ta’sirini tahlil qiling. Korxonaning mahsulot sotishdan tushgan tushumi birinchi yili 11000 mln.
so‟mni tashkil etadi. Bunda o‟zgaruvchan xarajatlar 9300 mln. so‟mni, doimiy
xarajatlari 1500 mln. so‟mni tashkil etadi.
Ikkinchi yili tushum oshib, 12 000 mln. so‟mga etadi.
Korxona tushumini oshishiga qanday investitsiya xarajatlari ta‟sir
o‟tkazgan?
38
Bunda korxona foydasi qanchaga o‟sgan?
Agar korxona uchinchi yili doimiy xarajatlarni 1 %ga oshirsa, bu korxona
foydasiga qanday ta‟sir ko‟rsatadi?