45
Risk - bu bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy
sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik
yoki zararlarning
paydo bo‟lib qolish ehtimolidir.
Loyiha riski - bu investitsion loyihani amalga oshirishga halaqit beradigan
yoki loyiha samaradorligini pasaytiradigan risklarning yig‟indisidir.
Iqtisodiy kategoriya sifatida risk - bu bo‟lishi mumkin bo‟lgan yoki
bo‟lmaydigan hodisa. Agar bu hodisa bo‟lsa ijobiy (foyda, daromad yoki boshqa
tushum) va salbiy (xarajatlar, zarar, yo‟qotish) natija bo‟lishi
yoki hech qanday
natija bo‟lmasligi mumkin.
Riskni boshqarish turli faoliyat doiralarida riskni kamaytirish bo‟yicha
texnologiyalarni va bilimni talab qiladi. Hozirgi vaqtda riskni boshqarish
faoliyatini quyidagi asosiy bosqichlarga bo‟lish mumkin: 1) Riskni aniqlash. 2)
Riskni baholash. 3) Riskni boshqarish choralari va usullarini tanlash. 4) Riskni
oldini olish va nazorat qilish. 5) Riskni moliyalash. 6) Natijalarni baholash.
Dostları ilə paylaş: