Elektrostatikli boyitish
usuli materiallarni turlicha elektr uvchanligidan foydalanib
ajratishga asoslangan. Masalan, temir kolchedoni bilan mis kol-chedoni (xalkopirit — CuFeS
2
),
qo'rg'oshin yaltirog'i, tug'mametallar saqlovchi rudalarni dielektrik jinslardan, masalan, ohaktosh, gips,
qum, silikat va boshqalardan ajratishda foydalaniladi. Uning ishlash prinsipi ham elektromagnitli
separatorga o'xshaydi. Ammo elektrostatik separatorlarga magnit o'rniga elektrod o'matilgan bo'ladi va
elektrod manfiy
qutbi bilan tok sozlagichga ulangan bo'ladi. Elektrni yaxshi o'tkazuvchi zarrachalar
manfiy zaryadlanib bunkerdan itariladi va boshqa yig'gichga, dielektriklar esa unkerga tushadi.
6- rasm.
Aralashtirib flotatsiyalash mashinasining bo'lmasi.
1 — gorizontal boshoqsimon panjara;
2 – aralashtirgich
3 — havo yuborish uchun quvircha
5-rasm. Ho'l usulda gravitasion boyituvchi cho'ktirish mashinasining sxemasi
.
I, II,
III
— cho'ktirish bo'lmalari; 1 - og'ir(yirik donasi) fraksiya;
2 — yengil (mayda donali) fraksiya; 3 — eng mayda donali fraksiya.
51
4 — konsentratni chiqarib olishbo'lmasi;
5 — teshik; 6 — ostona;
7 - oraliq bo'lma;
A - pulpakiritiladigan joy;
В — havokiradigan joy;
D - konsentratchiqarib olinadigan joy;
E - oraliq mahsulotlar chiqaradigan joy;
F — yirik zarrachalar chiqariladigan joy.
Flotatsion boyitish.
(Flotatsiya inglizcha flotation so'zidan olingan bo'lib, qalqib chiqish degan
ma'noni anglatadi. Bu usul keng tarqalgan bo'lib, unda polimetall sulfidli radalar boyitiladi. Appatitlar
nefelindan ajratiladi, oltingugurtli rudalardan konsentraktlar olinadi, toshko'mir va ko'pgina tuzlar
boyitiladi. Bu usulda xomashyo tarkibidagi mayda zarrachalarning suvda ho'llanish darajasi har xilli-
gidan foydalaniladi. Materiallarning ho'llanish darajasi — bu qattiq zarracha, suyuqlik va havo
chegarasida hosil bo'luvchi ho'llanishning chekka burchagi kattaligi hisoblanadi (7- rasm). Suv
ho'llanmaydigan (gidrofob) zarracha bilan o'tmas chekka burchak hosil qiladi. Sirt taranglik kuchi
suyuqlik sathini tenglashtirishga intiladi, natijada gidrofob zarracha suyuqlikdan itarilib yuzaga qalqib
chiqadi. Gidrofil zarrachalar esa, suyuqlik ostiga tushadi.
8- rasm.
Ho'llanishning ta'siri.
1 — o'tmas chekka burchak; 2 — o'tkir chekka burchak.
Bu hodisa mineral zichligiga bog'liq emas, ko'pchilik hollarda og'ir gidrofob zarrachalar yuzaga
qalqib chiqadi, yengillari esa cho'kadi. Zarrachaning o'lchami qanchalik kichik bo'lsa, ho'llanish
7- rasm.
Elektromagnitli separatorning sxemasi.
1 — transporter tasmasi; 2 — transporter barabani;
3 - elektromagnit; 4,5 - bunkerlar.
|