tasavvufiy
ruh va mazmunni ifodalovchi
,
diniy-ma'rifiy, ilm - ma'rifatni tarannum etuvchi,
sevgi-muhabbat kuylangan, ijtimoiy muammolar yoritilgan she'rlar
tarzida ajratish
mumkin.
Dilafgor Yaratganga chin e'tiqod qilish barobarida o‘z gunohlarini
kechirishini so‘rab munojotlar bitgan:
G‘aribmen, benavoman, g‘am bila qadim duto, yo Rab,
Junun dashtida yotgan muztarib holim tabo(h), yo Rab.
Karamlik podshohim, sendin o‘zga takyagohim yo‘q,
Tilab matlabni keldim dargahingga men gado, yo Rab.
1
Маматқулов А., Жўраев Ж. Дилафгор ва унинг адабий мероси ҳақида. // Гулшани Дилафгор. – Тошкент:
MUMTOZ SO‘Z. 2011. – Б. 7.
35
Tanimni dog‘i hijron o‘rtadi, jismim kabob o‘ldi,
Bu hijron otashin qildi yurak-bag‘rim ado, yo Rab.
Bu g‘am zindonida qoldim, najot izlarga ojizman,
Tufayli zoti poking aylagil g‘amdin raho, yo Rab.
Dilafgor bir necha munojotlar turkumini yaratdi. Shoir munojotnomalari
ham mumtoz adabiyot vakillari asarlari singari bir qator fazilatlardan xoli emas.
Ana shunday xususiyatlardan biri - bandaning chin dunyoga imon bilan borishi
masalasidir:
Beadad qilg‘on gunohim barchasi senga ayon,
Hojat izhor emastur bir-birin qilmoq bayon,
Fe'lu atvorimg‘a loyiq jurmu isyonim garon,
Iltijo qildim bahaqqi jumlai payg‘ambaron,
Aylasam rihlat bu olamdin, yiborg‘il boiymon.
Bandalik lofini urdum, qilmisham koni zarar,
Yo‘q vale sha'nimda hyech toatu ibodatdin asar,
Nafsi shayton birla bo‘ldum, dilda yo‘q xavfu xatar,
Ey Xudoyo, sen erursan osiylarg‘a mehribon,
Aylasam rihlat bu olamdin, yiborg‘il boiymon…
Tavba qildim, tavbai maqbuli hidoyat aylagil,
Fazli ehsoning man osiyg‘a inoyat aylagil,
Bul munojoti Dilafgorni ijobat aylagil,
Rabbano, fag‘firlano, ey Xoliqi har du jahon,
Aylasam rihlat bu olamdin, yiborg‘il boiymon.
Musulmon Sharqida chahoryori bosafolar aytgan hikmatli gaplari
mazmunida asarlar bitish an'anaga aylanganligi ma'lum. Masalan, Hazrati Ali
(karamallohu vajhahu)ning “Nasr ul-laoliy” asaridan ilhom olgan mutafakkir shoir
36
Alisher Navoiy o‘zining “Nazmu-l-javohir” deya so‘z duru javohirlarini tergan.
Dilafgor ham Hazrati Abu Bakr Siddiq munojotlariga taxmis bog‘lagan. Bu taxmis
shoirning Allohga bo‘lgan chin tavbasi, tavallosi, ixlos bilan aytgan munojoti
sifatida jaranglaydi.
Kech gunohimni bahaqqi Hazrati Odam xalil,
Aylama mahshar kuni sharmandai xoru zalil,
Dargohingdin iltimosim shul bahaqqi Jabrail,
Xuz bilutfik, ya Ilahiy, man lahu zodu qalil,
Muflisan bis-sidqi ya'ti 'inda babik, ya Jalil.
(Ey Ilohim, oz zodu rohilasi bor bandangni o‘z lutfingga ol,
Senga ishongan holda eshigingga bosh urib keldi, yo Jalil
1
)
Jurmu isyonig‘a qildi tavba bandang, yo rahim,
Ayla tavfiqu hidoyat birla oni mustaqim,
Qilmag‘il, yo rab, ani tongla sazovori jahim,
Zanbuhu zanbun 'azimun fag‘firiz-zanbal-'azim,
Innahu nahsun g‘aribun muznibun abdun zalil.
(Gunohi katta bo‘lgan bandangni barcha gunohini kechirgil,
Chunki u, bechora, g‘arib, gunohkor, xor bandangdir)
2
Dilafgor payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga chin ummat ekanidan
sarvari koinotga bag‘ishlab munosib na't bag‘ishlaydi.
Zihi shohi arab, mohi ajam, ul sayyidi barno,
Dostları ilə paylaş: |