Iltifot aylab yubormishsan, nigoro, surating,
Yaxshi soatda kelib tegdi, diloro, surating.
Sirri asrorim nihon erdi ko‘ngil ganjidakim,
Boz qildi ishqimi el ichra ifsho, surating.
Ro‘zu shab Haqdin tilar erdim sani ko‘rmaq uchun,
Hosil o‘ldi nisfi matlab, emdi holo surating.
1
Ҳамза. Ватандошларима хитоб. // Садои Туркистон, 1914 йил 27-сон. (Бу шеър “Ўзбекистон адабиёти ва
санъати” газетасининг 1994 йил 11 март сонида адабиётшунос И. Ғафуров томонидан эълон қилинган).
2
Амонов Ш.Н. Ҳамза шеъриятининг манбалари, матний тадқиқи: филол. фанл. номз... дисс. – Т.: 2010. – Б.
10.
3
Қуронов Д. ва бошқ. Адабиётшунослик луғати. – Т.: Академнашр, 2010. – Б. 386.
40
Lirik qahramon yorsiz bir nafas ham nafas olishi qiyin. Mudom uning xayoli
bilan yashaydi. Dilafgorning “Sensiz” radifli g‘azali o‘zining o‘ynoqiligi, yengil
o‘qilishi bilan ajralib turadi:
Bo‘ldi jahon ko‘zumg‘a toriku tiyra, ey voh,
Bo‘lmas kifoya xurshid, ey gul'uzor, sensiz.
Yuz g‘amza birla kelsa qoshimg‘a mahliqolar,
Ermas pisand menga chashmi xumor sensiz.
Jonimda yo‘q halovat, har dam fig‘on chekarman,
Yodingda kecha-kunduz Majnunshior sensiz.
Ohu ko‘zing xayoli shomu sabo dilimda
Hyech manda yo‘q, nigoro, sabru qaror sensiz...
Shoir g‘azallarida ilohiy muhabbat, so‘fiyona sevgi motivlari ham
kuylanadi. Shoir aksariyat she'rlarida yer go‘zaliga murojaat qilayotgandek bo‘lsa
ham, aslida Yaratganga bo‘lgan sevgisini izhor etadi. Albatta, shu o‘rinda “Al-
majozu qantaratul-haqiqat” (“Majoz haqiqatga olib boruvchi ko‘prikdir”)
ekanligini unutmaslik lozim:
Darig‘o, umrim o‘tdi, ey pari, hajringda jono deb,
Qarong‘u bo‘ldi olam ko‘zlarimg‘a, sho‘xu barno deb.
Bo‘libman misli Majnun, kil tarahhum, yori jononim,
Yutay tokayg‘acha qon laxta-laxta, oh Laylo, deb.
Qo‘yibman ostonangg‘a boshimni, ey jafopesha,
Jahon mahvashlaridin sen pari paykarni a'lo deb.
Dilafgorning yuqorida ta'kidlaganimizdek, “majoziy yo‘l bilan boruvchi
ilohiy ishq” to‘g‘risidagi baytlari talaygina. Ulardan yana biri quyidagicha:
41
Arsai olamda, jono, orazing chun oftob.
Lam'ai anvor aksing ko‘kda go‘yo mohtob.
Bu latofatda erursan olam ichra benazir,
Qomating diljo‘, xiroming kabk, ey olijanob...
O‘t solur jodu ko‘zung boqsang karashma birla gar,
Nargising jallodu qotil, qoshlaring tiri itob...
Jonu dil isoring o‘lsa, xasta qulg‘a ne ajab,
Orzu qo‘ysang boshimg‘a senga men bo‘lsam turob....
Nakhati zulfing Dilafgor gardanig‘a ayni vasl,
Bo‘lsa misli moru ajdar, ey sumanso, pechu tob.
Adabiyotimiz tarixida Fuzuliydan bahramand bo‘lmagan turkiy tilli ijodkor
bo‘lmasa kerak. Bir vaqtlar Fuzuliyning shirinzabonligidan uning tilida g‘azallar
yozish ham urfga kirgan edi. O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov ham Fuzuliy
dahosiga tan berib:
Mening shoirligim yolg‘ondir ammo,
Fuzuliy she'riga oshiqligim rost, -
deb yozgan edi. Dilafgor ham salaflari singari fuzuliyona g‘azallar bitib, ushbu
an'anani qaysidir ma'noda davom ettirdi:
Go‘zal mahvashlar ichra sen kabi hurliqo bo‘lmaz,
Qiyomingla nechun tashbih qilam tubo raso bo‘lmaz.
Rikobing bo‘sa etmazmi, go‘randa har nuchuk odam,
Dostları ilə paylaş: |