Ibragimova nafosat shuhrat qizi bitiruv malakaviy ishi mavzu: dilafgor adabiy merosi



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/37
tarix07.01.2024
ölçüsü0,49 Mb.
#207024
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
n.ibragimova dilafgor adabiy merosi

iytoyi xafiy
(yopiq, yashirin takror) qo‘llanilgan. 


61 
XULOSA 
O‘rta Osiyo xalqlari o‘zlarining uzoq va shonli tarixiga ega. Bu tarix turli 
davrlarda turfa xilda tasnif qilindi. Mazkur xalqlar yaratgan badiiy durdonalar 
jahon adabiyoti xazinasidan munosib o‘rin egallagan. Adabiyot tarixida Yusuf Xos 
Hojib, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mashrab, 
Munis, Ogahiy, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat va boshqa ko‘plab 
ijodkorlar yaratgan o‘lmas asarlar jahon madaniyati xazinasining boyishiga 
munosib ulush bo‘lib qo‘shilgan. Boy madaniy merosimizdan, xususan, mumtoz 
adabiyotimizning nodir namunalaridan milliy mafkurani bunyod etishda 
foydalanish zarurligini respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov o‘z nutqlarida qayta-
qayta ta'kidlab kelmoqda. Ana shunday merosimizning bir qismi jadid yozuvchilari 
tomonidan yaratilganini ta'kidlash lozim. Ma'lmki, jadid adabiyotida an'anaviy 
timsol va timsollilik o‘zgacha tus oldi: Vatan, Millat, Ma'rifat g‘oyalari kirib keldi 
va ular yangicha mazmun kasb etdi, jaholatga, nodonlikka, qoloqlikka qarshi 
kurash shiori jarangladi. Istiqlol g‘oyasi ochiqchasiga bo‘lmasa-da, badiiy asarlar 
qoniga singdirilgan holda berildi. Dilafgor ijodi ham ana shunday xususiyatlarni 
o‘zida aks ettirgan she'riyat ekanini alohida ta'kidlash o‘rinli bo‘ladi.
XX asr boshlarida yashagan va ijodiy faoliyat ko‘rsatgan shoir Dilafgor 
Toshkent adabiy muhiti vakillaridandir. Po‘lotjon Domla Qayyumiyning “Tazkirai 
Qayyumiy” asari ma'lumotlariga ko‘ra, Mulla Abdulboriy deb qayd etilgan bo‘lsa-
da, u o‘zini “Kitobfurush mullo Bo‘riboy Shermuhammad o‘g‘li” deb tanishtirgan. 
Piskent ahliga adib mulla Bo‘ri Shermuhammad hoji o‘g‘li Dilafgor nomi bilan 
ma'lum va mashhur bo‘lib, 1877-1949 yillarda yashab, ijod etdi.
Dilafgor shoir sifatida salaflariga ergashdi, ularga taxmislar bog‘ladi, 
fuzuliyona usulda g‘azallar bitdi, Yassaviy, Mashrab, Xislat, Haziniy, Muqimiy, 
Furqat, Miskin, Zavqiy, Furqat, Kamiy taxallusli shoirlarga muxammaslar 
bog‘lagani fikrimiz tasdig‘idir.
Shoirning “Gulshani Dilafgor” to‘plami joriy imloda nashr etilgan bo‘lsa-da, 
so‘ngi kuzatuvlarimiz she'rlarning nashr va asliyati orasida ayrim nuqsonlar 
borligini ko‘rsatadi. Ba'zi bir so‘zlar noto‘g‘ri o‘qilishi natijasida jiddiy xatoliklar 


62 
yuzaga kelgan. Bunday nuqsonlarning yuzaga kelish sabablarini kotibning yozuv 
nuqtalarini o‘z joyiga qo‘ymay ketishi, hatto umuman nuqtalarning bo‘lmasligi 
kabilar bilan izohlash mumkin. 
Shuningdek, Dilafgor bir-biriga o‘xshash radifli g‘azallar yozganligi bois 
ulardan ba'zilari tabdil qilinmay qolgan. Bunday paytlarda tabdilchidan ziyrak 
nigoh, teran bilim talab qilinadi. Yana bir jihat. Ayrim she'rlar orasida “va lahu 
ayzan” kabi shartli chegaralovchi so‘zlar qo‘yilmaganligidan ikki asar qo‘shilib 
nashr etilish hollari ham uchraydi. 
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, “Gulshani Dilafgor” to‘plami 23 g‘azal, 20 
muxammas, (bir muvashshah), uch musaddas, (bir tarje'band), bir chiston va ikki 
farddan tashkil topgan. “Gulshani Dilafgor” to‘plami noshirlari Dilafgor ijodida 
Muqimiy, Xislat, Kamiy kabi shoirlarning ta'siri kuchli bo‘lgan degan xulosalarga 
kelishsada, aslida shoir she'riyatining mavzu ko‘lami ancha kengroqdir. 
Dilafgorning haqiqiy musulmon farzandi sifatida hazrati Abu Bakr Siddiq 
munojotlariga taxmis bog‘laganligi ham bunga dalildir.
Dilafgor g‘azallarida ilohiy muhabbat, so‘fiyona sevgi motivlari ham 
kuylanadi. Shoir aksariyat she'rlarida yer go‘zaliga murojaat qilayotgandek 
bo‘lsada, aslida ularda Yaratganga bo‘lgan sevgisini izhor qiladi. Shu bilan birga 
fuzuliyona g‘azallar bitib, go‘zal an'anani davom ettirdi, Furqatning “Fasli 
navbahor o‘ldi...” g‘azaliga bitgan tazmini shoirning bu dunyoning go‘zalliklaridan 
estetik zavq ola bilish ham kerakligini hisobga olsak, shoir she'riyatining mavzu 
ko‘lami yanada kengroq ekanligi ma'lum bo‘ladi. 
Shoir milliy uyg‘onish davri ijodkori sifatida “uyg‘on, millat” deya hayqirdi, 
she'rlarida millatning tanazzulga yuz tutish sabablarini ham ko‘rsatishga urindi. 
Dilafgorning bunday asarlarida millatparvarlik va ma'rifatparvarlik g‘oyalari 
yorqin aks etganligini alohida ta'kidlamoq lozim. 
Kuzatuvlarimizdan ayon bo‘ladiki, shoir mumtoz adabiyotimiz badiiy 
san'atlarining bir qator turlaridan unumli foydalangan. Badi'shunoslikdagi 
“iqtibos” san'atining “darj” turi shoir she'riyatiga ziynat bergan san'atlardan biri 
ekanini ta'kidlash kerak. Shoir ijodida qofiya bilan bog‘liq poetik usullarning eng 


63 
qadimiylaridan biri bo‘lgan “radd ul-matla'” yoki “iyto” turlaridan, chunonchi, 
iytoning ikki navidan biri 
iytoyi xafiy
(yopiq, yashirin takror) qo‘llanilgan. 
Shuningdek, “kalomi jomi'”, “mazhabi kalomiy”, “ittifoq”, “tavshih”, “rujo‘” kabi 
badiiy san'atlar shoir Dilafgor g‘azallari badiiyatini oshirgan omillardan sanaladi. 
Umuman olganda shoir serqirra ijodkor bo‘lib, mumtoz adabiyotimiz 
an'analarini munosib davom ettirdi.
Dilafgordan qolgan me'ros va uning qalamiga mansub betakror lirik 
asarlarlar adabiyotimiz tarixida munosib o‘rin tutadi. 


64 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin