2.2. Dilafgor she'riyatida badiiy san'atlar “Gulshani Dilafgor”ni tuzar ekan, shoir Dilafgor ham an'anaga muvofiq o‘z
salaflari singari to‘plamni Ollohga hamd va payg‘ambarga na't bilan boshlaydi.
Muhammad (s.a.v.)ga bag‘ishlangan na'tning birinchi misrasi:
“Zihi shohi arab, mohi ajam, ul sayyidi barno...,” - kabi badiiy baquvvat satrlar bilan boshlanadi.
E'tibor berilsa, sarvari koinot Muhammad (s.a.v.) o‘z diyorida islom dinini
yoyishda avvaliga juda qiyinchiliklarga uchragan bo‘lsalarda, keyinchalik arab
dunyosini islom nuri bilan munavvar qilgan edi. Undan so‘ng esa o‘sha pok nur
ajam mamlakatlari yoritdi. Yuqoridagi misrada ham payg‘ambarimizning arab
dunyosida shoh kabi islom hukmini yuritganligi, boshqa yurtlarga o‘zlari emas, ul
zotning munavvar ziyosi yetib borganligi hamda bunday shohgayu bunday mohga
ofarinlar bo‘lsin, deb taqsinlar o‘qilmoqda. Shugina bir satr ham shoirning
qanchalik salohiyatga ega ekanini ko‘rsatib turibdi.
Ma'lumki, na'tlarda Rasulullohning vasfi-ta'rifi ustunlik qilsa, bu hodisa
bilan bog‘liq san'at turi ilmi badi'da “iqtibos” deyiladi. Chunki bunday o‘rinlarda
“mohiyatan muayyan oyat yoki hadisning mazmuni bilan aloqador bo‘ladi”
1
:
Zihi shohi arab, mohi ajam, ul sayyidi barno, Xudo Qur'onda aydi vasfinga “Yosin” ila “Toho”. Jamoli nuri “Vash-shams”ki, mozog‘ ul-basar hazrat, Muborak gesui hazratki, “Val-layl iza yag‘sho”. Risolat tojdori, shahdu shakar ul guftori, Base sha'nida “Kavsar” surasi, haq aydi “A'tino”. Muborak maqdamidin bo‘ldi olam g‘arqai rahmat, Ketib zulmat jahondin ro‘shnolik ayladi paydo. Tamoman anbiyolar shahsuvori-Sayyidi olam, Gadoyi ostoni bo‘lsa yuz Iskandaru Doro. Sifoti rahmatan lil-olamin ul sayyidi kavnayn, Bizingdek osiy ummatga shafoatxohi omanno. 1
Исҳоқов Ё. Сўз санъати сўзлиги. – Т.: Zarqalam, 2006. – Б. 28.
51
Deyub Tangrim qilay dargohimga mehmon jismimni, Yubordi Jabrailni amr etib ul Xoliqi yakto. O‘shal dam Jabrail keldi rasulni xobgohig‘a, Tavoze' birla turdilar surib yuz poyi Ahmadga. Muborak erdi ul me'roj hazrati osiy ummatga, Chiqib ul dam haramdin yo‘lda Jabrail bo‘ldilar hamro(h). Muhammad hodii olam yetushti masjidi Aqsog‘a, Imom o‘ldi tamomi anbiyolarga rasulullo(h). Minib rafrafga hazrat o‘ttilar bir necha manzildin, Yumub to ko‘zni ochquncha yetushti qobi qavsayno. Harimi kibriyoda Haq taolo birla so‘zlashib, Tamoman muddaosini so‘rab ul shohi av adno. Boshini sajdaga qo‘ydi, to‘kub ko‘zdan sirishkini, Tilab ummatni jurmini janobi Haqni oldida. Kirib junbushga ul dam bahri rahmat turfa mavj urdi, Xudo aydi: gunahkor ummat uchun g‘am yema aslo. Xudo aydi: ey Ahmad, vujuding mahzi rahmatdur, Mani in'omi ehsonim tamomi osiy ummatga. Kimiki senga ummat bo‘lsa, do‘zaxdin qilib ozod, Makonu manzilini aylagayman jannat ul-ma'vo. Risolat tojdori mujdai rahmatni oldilar, Shabi me'roj erdi vasfi subhon al-lazi isro. Yonib me'rojdin kelganida hazrat zanjiri larzon, Muborak xobgohi garm erur, ahbobi saddaqno, Zaboningni Dilafgor, na'ti hazrat birla shakar qil, Ki, shoyad bir nazar holingga qilsa shohi karramno. “Yosin” ila
“Toho” ,
“Val-layl iza yag‘sho” , Haq aydi
“A'tino” ,
“shafoatxohi
omanno” ,
“qobi qavsayno” , “ul shohi
av adno ”,
“subhon al-lazi isro” , “ahbobi
saddaqno” , “shohi
karramno” kabi qofiya sifatida ishlangan so‘zlar
“qofiya bilan bog‘liq poetik usullarning eng qadimiylaridan biri radd ul-matla' yoki
52
iyto”
1
ekanligi nazarda tutiladi. Iytoning ikki navi ajratiladi:
iytoyi jaliy (ochiq,
ravshan takror) hamda
iytoyi xafiy (yopiq, yashirin takror). Yuqoridagi na'tda
qofiyaning poetik usullaridan
iytoyi xafiy navi qo‘llanganini kuzatish mumkin.
Musulmon Sharqida lirik asarlar hikmatlarga boy bo‘lishi bilan muhim
ahamiyat kasb etadi. “Gulshani Dilafgor” kabi she'riyat guldastalarida ham “o‘git,
hikmat va zamonu birodarlardan shikoyat kabi bir nima bila zeb berilgan bo‘l”ishi
(“Badoyi' us-sanoyi'”) tabiiy jarayon hisoblanadi. Bu singari o‘git, hikmat va
zamonu birodarlardan shikoyat motivi ustunlik qiluvchi she'rlar “
kalomi jomi'” badiiy san'atini yuzaga keltiradi.
Dilafgorning:
Ahboblar, millat uchun biz jahd etolmaymiz hanuz, G‘aflat to‘shagida yotib, ko‘zni ocholmaymiz hanuz. Yoki:
Umrung o‘tti, ey dilo, yotma sahar, bedor bo‘l, Shoh bo‘lsang, xohi gado, yotma sahar, bedor bo‘l .
Yoki:
Bandasan, ey dil, rizoyi Rabbanoni izlagil, Ummat o‘lsang, sarvari haq Mustafoni izlagil. Yoki:
Bandalik shuldur sango, qodir Xudoga takya qil, O‘n sakkiz ming olama qudratnamog‘a takya qil. Yoki:
Bu olam ayshi, ey tan, xasta yotganingg‘a arzirmu? Hayoti jovidoning bir kun o‘lganingg‘a arzirmu? Yoki:
Jon agar hamjihati tandur, jondin g‘am yema, Bu aziz mehmon borida g‘ussai olam yema,- matla'lari bilan boshlanuvchi g‘azallari boshdan oyoq “kalomi jomi'” san'ati bilan
muzayyan etilgan.
1
Исҳоқов Ё. Сўз санъати сўзлиги. – Т.: Zarqalam, 2006. – Б. 107.
53
“Mazhabi kalomiy” ma'naviy san'atlardan bo‘lib, nasr va nazmda o‘z
matlubining isboti uchun latofat bilan dalil keltirishdan iborat. Dalil aniq
bo‘lmog‘i, shuningdek, faraziy bo‘lishi ham mumkin. Navoiy she'riyatidan,
xususan, uning g‘azaliyotida fikrni dalillash maxsus san'at sifatida xilma-xil
ko‘rinishlarda ishlatilgan.
G‘azalda mazhabi kalomiy ko‘pincha bir bayt doirasida qo‘llanadi. Dalil
keltirish turli ko‘makchi so‘z va bog‘lovchilar (nedinki, ne uchunkim, chunkim, ne
tong, g‘arib emas, ne ajab, ajab ermas, kimki va h.k.) vositasida amalga oshiriladi
1
.
Dilafgor g‘azallarida ham “mazhabi kalomiy” san'ati uchraydi:
Jonu dil isoring o‘lsa, xasta qulg‘a ne ajab , Orzu qo‘ysang boshimg‘a senga men bo‘lsam turob. Yoki:
Varna kesmas, deb Dilafgor rishtai ummedini, Kelsa bir kun