kuchlanishga ishlaydigan buyumlar tayyorlanadi. Lekin MЛ5 ga qaraganda MЛ6 ning suyuq
holda oquvchanlik xususiyati yaxshiroqdir.
Deformatsiyalanadigan magniy qotishmalari ichida MA1 yuqori texnologik plastiklikka
ega, yaxshi payvandlanadi va korroziyabardoshdir. Lekin u mexanik xossalari bо‟yicha
mustahkamligi kam qotishmalar qatoriga kiradi. Bu qotishmaga qо‟shimcha ravishda 0,2% Ge
(MA8) qо‟shilsa, mayda donadorlikka ega bо‟ladi, mexanik xossalar ham oshadi, sovug‟ holda
deformatsiyalash mumkin bо‟ladi.
MA2-1 qotishma Mg-Al-Zn turkumiga kirib yuqori mexanik xossalarga ega, yaxshi
payvandlanadi. Lekin juvalash va list shtamplash oson bо‟lgan holda kuchlanish holatida
korroziyalanishga moyilligi bor.
MA14 qotishma ham yuqori mexanik xossaga ega bо‟lib, 250
0
C dan past haroratda
olovbardosh hisoblanadi va kuchlanish holatida korroziyaga moyilligi yо‟q (korroziyabardosh).
Lekin issiqlayin juvalashda darzlar hosil bо‟lishi mumkin. Qotishmani 160…170
0
C qizdirib
eskirtirish (T5) orqali xossalarini yaxshilash mumkin.
Dostları ilə paylaş: