11,12,13-Mavzular:
Metallurgiya asoslari
Reja:
1. Qora va rangli metallar ishlab chiqarishning rivojlanishi, ishlab chiqarishdagi
metallurgiyaviy jarayonlar, metallurgiyaviy yoqilg‟i va o‟tga chidali materiallar.
2. Cho‟yan ishlab chiqarish.
3. Po‟lat ishlab chiqarish.
4. Rangli metallarni ishlab chiqarish.
Tayanch iboralar:
qora va rangli metall, metallurgiyaviy yoqilg‟i, koks, mazut, tabiiy
gaz, koks gazi, domna gazi, o‟tga chidamli materiallar, cho‟yan, domna pechi, po‟lat,
konvertor, Marten pechi, elektr pechi.
1. Qora va rangli metallar ishlab chiqarishning rivojlanishi, ishlab chiqarishdagi
metallurgiyaviy protseslar, metallurgiyaviy yoqilg’i va o’tga chidamli materiallar
Metall ishlab chiqarish ishlari kishilarga eramizdan bir necha asrlar avval ma‟lum bo‟lsa-
da, sanoat miqyosida cho‟yan ishlab chiqaruvchi domna pechlari XIV asrning o‟rtalaridagina
yaratildi.
Metall ishlab chiqarishdagi metallurgiyaviy jarayonlar.
Tabiatdagi hamma
metallar (kimyoviy turg‟unlari, ya‟ni oltin, kumush, platinadan tashqari) turli birikmalar
(oksidlar) ko‟rinishida tog‟ jinslarida uchraydi. Metallurgiya korxonalarida metall va uning
qotishmalari ana shu murakkab birikmalardan ajratib olinadi. Bu maqsadda sanoatga quyidagi
usullardan foydalaniladi:
1.
Pirometallurgiya
. Bu usulda metall ishlab chiqarish uchun zarur issiqlik yoqilg‟ini yondirish
hisobiga olinadi.
2.
Elektrometallurgiya.
Bu usulga metall ishlab chiqarish uchun zarur issiqlik elektr energiyasi
hisobiga olinadi.
3.
Gidrometallurgiya.
Bu usulda ro‟da tarkibidagi metall avval erituvchiga o‟tkazilib, keyin
ulardan ajratib olinadi.
4.
Kimyoviy metallurgiya usuli.
Bu usulda metall kimyoviy va metallurgiyaviy jarayonlar
yordamida olinadi.
Dostları ilə paylaş: |