3. Neytral material. Shamot.
Bu material giltuproq bilan qumtuproqdan iborat bo‟lib,
sifati tuproq miqdoriga bog‟liq. Giltuproq qancha ko‟p bo‟lsa,
uning suyuqlanish harorati
shuncha yuqori bo‟ladi. Shamot kaolin (Al
2
O
3
2SiO
2
H
2
O) deb ataluvchi o‟tga chidamli tabiiy
gildan tayyorlanadi.
Metallurgiya pechi devorining materialini tanlash uchun metall ishlab chiqarishda bu
pechda ajraluvchi shlak xarakterini, ya‟ni asosiy qismi qumtuproqdan iborat bo‟lsa, pech devori
ham kislotaviy o‟tga chidamli materiallardan qurilishi zarur, aks holda pech devori yemiriladi.
Agar shlak asosiy bo‟lsa, o‟tga chidamli materiallardan yasash kerak.
Metallurgiya pechlari devorlariga ishlatilgan materiallarning xossalariga ko‟ra pechlar
asosiy
va kislotaviy pechlar deb, bu pechlarda sodir bo‟ladigan jarayonlar esa asosiy yoki
kislotaviy jarayonlar deb yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: